Eron yo‘q qilgan 500 million dollarlik AQSh samolyoti nimasi bilan qimmatli edi

© Foto : SossetiIran unichtojil samolet SShA stoimostyu 500 millionov dollarov
Iran unichtojil samolet SShA stoimostyu 500 millionov dollarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2026
Obuna bo‘lish
Eron zarbasi AQShning eng qimmat va nodir havo kuzatuv platformalaridan biri — 500 million dollarlik E-3 AWACS samolyotini amalda safdan chiqardi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Eron zarbasida yaroqsiz holga kelgan AQShning Boeing E-3 Sentry AWACS uzoq masofali radiolokatsion aniqlash samolyoti 500 million dollardan ortiq baholanadi va uni almashtirish qiyin, deb yozadi "Military Watch Magazine"
Nashrning ta’kidlashicha, bu turdagi samolyotlar AQSh harbiy-havo kuchlaridagi eng qimmat va muhim havo platformalaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq Eronning Islom inqilobi muhofizlari korpusi Saudiya Arabistonidagi AQShning “Shahzoda Sulton” aviabazasiga berilgan zarba natijasida E-3 samolyoti yo‘q qilinganini ma’lum qilgan edi.
Nashrga ko‘ra, E-3ni o‘rnini to‘ldirishi ayniqsa qiyin, chunki uning o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan yangi E-7 Wedgetail dasturi endigina moliyalashtirilmoqda va yetkazib berish navbati ham uzoq. Shu bois bunday samolyotning safdan chiqishi AQSh uchun faqat moliyaviy emas, balki harbiy nuqtayi nazardan ham jiddiy yo‘qotish sanaladi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, E-3 AWACS AQSh armiyasidagi eng muhim havo boshqaruv platformalaridan biri bo‘lib, havodagi nishonlarni uzoq masofadan aniqlash, vaziyatni kuzatish va harbiy aviatsiya harakatlarini muvofiqlashtirishda qo‘llanadi.
Suxoputnaya operatsiya obernetsya dlya SShA bolshimi poterami, zayavili v Irane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2026
Eron BAAda 500 nafarga yaqin AQSh harbiylariga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0