https://oz.sputniknews.uz/20260329/ukraine-asirlar-hikoyalar-56578000.html
Ukrainada aslida halok bo‘lgan bedaraklar, 1945-yilgi ratsiyalar, pul yuvish —asirlar hikoyalari
Ukrainada aslida halok bo‘lgan bedaraklar, 1945-yilgi ratsiyalar, pul yuvish —asirlar hikoyalari
Sputnik O‘zbekiston
UQKning 100-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan harbiylarning 90 foizi halok bo‘lgani aytildi. Asirlar Germaniyada eski ratsiyalar bilan o‘qitilganini ham da’vo qildi.
2026-03-29T12:11+0500
2026-03-29T12:11+0500
2026-03-29T12:11+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
dunyo yangiliklari
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33546936_0:231:2500:1638_1920x0_80_0_0_691cc1a62ddc84496e43a6d543ea5a21.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining 100-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan harbiylarning 90 foizi amalda halok bo‘lgan. Bu haqda ushbu brigadada xizmat qilgan asir Vladislav Gunya RIA Novostiga ma’lum qildi.Gunyaning aytishicha, ushbu bo‘linma qo‘mondonligi askarlarni amalda muqarrar o‘limga yubormoqda.Shuningdek, Gunya Germaniyada o‘qish paytida ukrainalik harbiylar eski, 1945-yilgi rusumdagi ratsiyalardan foydalanganini aytdi.Uning qo‘shimcha qilishicha, Germaniyadagi tayyorgarlik jiddiy harbiy mashg‘ulotdan ko‘ra yengil jismoniy mashqlar bilan "dam olish"ni eslatgan.Gunyaning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada ukrainalik harbiylarni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tayyorgarlik emas, balki ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘lgan.2025 yil mart oyida Oliy Rada deputati Anna Skoroxod xorijga o‘qishga yuborilgan ukrainalik harbiylardan ayrimlari urushda qatnashishni istamagani uchun orqaga qaytmayotganini aytgan edi.Joriy yilning mart oyida esa Ukraina Bosh shtabi vakili ko‘plab qochqinlik holatlari fonida xorijda harbiylarni o‘qitish qisqartirilganini ma’lum qildi.Yana bir asir — Dmitriy Litvin RIA Novostiga front ortidagi pozitsiyalardan jangovar to‘qnashuv chizig‘iga borishdan bosh tortgan ukrainalik harbiylar otib tashlanayotganini aytdi.Litvin tasodifiy qotillik uchun 7,5 yilga qamalgan, keyinroq u qamoqda UQKning "Da Vinchi" birinchi alohida hujum polki bilan shartnoma imzolagan.Uning so‘zlariga ko‘ra, guruhidagi harbiylardan biri front ortida qolib, oldingi chiziqqa borishdan bosh tortgan. Bu harbiyning keyingi taqdiri haqida so‘ralganda, Litvin uni hamkasblari "yo‘q qilib yuborishgan"ini aytdi.Bundan tashqari, Rossiya xavfsizlik kuchlaridagi manba RIA Novostiga majburiy safarbar qilingan ukrainaliklarning qarindoshlari ularni xavfsiz taslim qilish bo‘yicha kelishib olish uchun Rossiya maxsus xizmatlari bilan bog‘lanishga urinayotganini aytdi.Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim holatlarda qarindoshlar harbiy komissariat va Ukraina Qurolli kuchlari obyektlarining koordinatalarini ham uzatmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260318/ukraine-asir-hikoya-56347747.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/05/33546936_14:0:2237:1667_1920x0_80_0_0_fcbb9090a3d6923016c40902649c1024.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina qurolli kuchlari, uqk, bedarak yo‘qolganlar, halok bo‘lgan harbiylar, germaniya, yevropa, 1945-yilgi ratsiyalar, harbiy tayyorgarlik, pul yuvish, ria novosti, ukraina, rossiya
ukraina qurolli kuchlari, uqk, bedarak yo‘qolganlar, halok bo‘lgan harbiylar, germaniya, yevropa, 1945-yilgi ratsiyalar, harbiy tayyorgarlik, pul yuvish, ria novosti, ukraina, rossiya
Ukrainada aslida halok bo‘lgan bedaraklar, 1945-yilgi ratsiyalar, pul yuvish —asirlar hikoyalari
Vladislav Gunyaning aytishicha, 100-ombrda bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan harbiylarning aksariyati amalda halok bo‘lgan.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarining 100-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasida bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgan harbiylarning 90 foizi amalda halok bo‘lgan. Bu haqda ushbu brigadada xizmat qilgan asir Vladislav Gunya RIA Novostiga
ma’lum qildi.
"Hozir 100-ombrda bedarak yo‘qolganlar eng ko‘p. Agar sen bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga tushgan bo‘lsang, demak, 90 foiz holatda sen allaqachon “200”san (halok bo‘lgan - tahr)", — dedi u.
Gunyaning aytishicha, ushbu bo‘linma qo‘mondonligi askarlarni amalda muqarrar o‘limga yubormoqda.
Shuningdek, Gunya Germaniyada o‘qish paytida ukrainalik harbiylar eski, 1945-yilgi rusumdagi ratsiyalardan foydalanganini aytdi.
"U yerda, Germaniyada, 1945-yilgi ratsiyalar bor edi. Telefonist yuradi: bir tirsagida antenna, ikkinchi tirsagida ham antenna, orqasida yana ikkita antenna. Chemodanga o‘xshagan qurilma, gaplashish uchun esa trubka. Mana shunday texnika bilan o‘qitishdi", — dedi asir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Germaniyadagi tayyorgarlik jiddiy harbiy mashg‘ulotdan ko‘ra yengil jismoniy mashqlar bilan "dam olish"ni eslatgan.
Gunyaning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada ukrainalik harbiylarni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tayyorgarlik emas, balki ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘lgan.
"Bu ta’limning maqsadi — shunchaki "pul yuvish". Yevropa pul ajratdi, uni qayergadir tiqish kerak edi, mana, shuning uchun turli kurslarni o‘ylab topishdi. Bilishimcha, bir askarning bir oylik mashg‘uloti uchun 10 ming yevro ajratilgan", — dedi u.
2025 yil mart oyida Oliy Rada deputati Anna Skoroxod xorijga o‘qishga yuborilgan ukrainalik harbiylardan ayrimlari urushda qatnashishni istamagani uchun orqaga qaytmayotganini aytgan edi.
Joriy yilning mart oyida esa Ukraina Bosh shtabi vakili ko‘plab qochqinlik holatlari fonida xorijda harbiylarni o‘qitish qisqartirilganini ma’lum qildi.
Yana bir asir — Dmitriy Litvin RIA Novostiga front ortidagi pozitsiyalardan jangovar to‘qnashuv chizig‘iga borishdan bosh tortgan ukrainalik harbiylar otib tashlanayotganini aytdi.
Litvin tasodifiy qotillik uchun 7,5 yilga qamalgan, keyinroq u qamoqda UQKning "Da Vinchi" birinchi alohida hujum polki bilan shartnoma imzolagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruhidagi harbiylardan biri front ortida qolib, oldingi chiziqqa borishdan bosh tortgan. Bu harbiyning keyingi taqdiri haqida so‘ralganda, Litvin uni hamkasblari "yo‘q qilib yuborishgan"ini aytdi.
"Bu endi yakka holat emas. Bunday otib tashlashlar haqida hamma gapirapti. Bu amaliyot allaqachon qo‘llanyapti", — dedi Litvin.
Bundan tashqari, Rossiya xavfsizlik kuchlaridagi manba RIA Novostiga majburiy safarbar qilingan ukrainaliklarning qarindoshlari ularni xavfsiz taslim qilish bo‘yicha kelishib olish uchun Rossiya maxsus xizmatlari bilan bog‘lanishga urinayotganini aytdi.
"Majburiy safarbar qilingan harbiy xizmatchilarning qarindoshlari otasi yoki o‘g‘li “buslashtirilgani”dan so‘ng deyarli darhol Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqaga chiqib, uni xavfsiz tarzda asirga topshirish imkonini izlay boshlaydi", — dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim holatlarda qarindoshlar harbiy komissariat va Ukraina Qurolli kuchlari obyektlarining koordinatalarini ham uzatmoqda.