Dunyoning qator davlatlarida namoyishlar: Eron urushiga qarshi talablar yangramoqda

© REUTERSMnogotisachnie mitingi proxodat v raznix gorodax mira
Mnogotisachnie mitingi proxodat v raznix gorodax mira  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2026
Obuna bo‘lish
Martda Eron urushiga qarshi aksiyalar bir qator davlatlarda o‘tdi: ayrim shaharlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri antiurush mitinglari bo‘ldi, boshqalarida esa mavzu yirik namoyishlarning asosiy shiorlaridan biriga aylandi
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Mart oyi boshidan beri Eron atrofidagi urush va AQSh-Isroil zarbalari dunyoning turli shaharlarida noroziliklarga sabab bo‘ldi. Ilk kunlarda Afina, Istanbul, Boston, Manila va Seulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga qarshi aksiyalari o‘tgan bo‘lsa, oy oxiriga kelib Tel-Aviv, London, Parij, Rim hamda AQShning qator yirik shaharlarida o‘tgan kengroq mitinglarda ham Eron urushi asosiy mavzulardan biriga aylandi. 28-mart kunining o‘zida AQSh bo‘ylab 3200 dan ortiq aksiya rejalashtirilgan edi.
Bu aksiyalarning barchasi rasman faqat Eron urushiga bag‘ishlanmagan. Ayrim joylarda ular kengroq antiavtoritar, ichki siyosat yoki o‘ng qanot kuchlariga qarshi norozilik tarkibida o‘tdi. Shunga qaramay Eron bilan urush, AQSh-Isroil zarbalari va ularning oqibatlari mart oxiriga kelib ko‘plab namoyishlarda markaziy yoki juda ko‘zga tashlanarli mavzulardan biri bo‘lgan.
Qisqacha geografiya:
AQSh. Bostonda 2-mart kuni “Stop the War on Iran” shiori ostida aksiya o‘tdi. 28-mart kuni esa Nyu-York, Vashington va Dallasni eng yirik “No Kings” aksiyalari o‘tgan shaharlar qatorida qayd etildi. Nyu-Yorkda politsiya bahosiga ko‘ra o‘n minglab odam yig‘ildi, Vashingtonda qatnashchilar Erondagi harbiy harakatni “aqlsiz urush” deb atadi, Dallasda esa minglab odamlar ko‘chaga chiqdi.
Gretsiya, Afina. 1-mart kuni namoyishchilar AQSh va Isroil elchixonalari tomon urushga qarshi marsh uyushtirdi.
Turkiya, Istanbul. Isroil konsulxonasi oldida AQSh va Isroilning Eronga zarbalariga qarshi aksiya bo‘lib o‘tdi.
Filippin, Manila. AQSh elchixonasi yaqinida o‘tgan mitingda namoyishchilar AQSh-Isroil zarbalarini qoraladi. AQSh bayrog‘i yoqilgani ham qayd etilgan.
Janubiy Koreya, Seul. Reuters fotohisobotida Seulda ham AQSh-Isroil zarbalariga qarshi aksiya qayd etilgan.
Isroil, Tel-Aviv. 28-mart kuni Habima maydonida AQSh-Isroilning Eron bilan urushiga chek qo‘yish talabi bilan urushga qarshi aksiyalari o‘tdi.
Buyuk Britaniya, London. Bu yerdagi yurish asosan o‘ng qanotga qarshi bo‘lgan, shuningdek, Eron bayroqlari va Fallastinni qo‘llab-quvvatlovchi bannerlari ham bo‘lgan.
Fransiya, Parij. 28-mart kuni Bastiliyada “No Kings” aksiyasiga yuzlab odamlar yig‘ildi. AP keltirgan tashkilotchi so‘ziga ko‘ra, norozilik “Trampning noqonuniy, axloqsiz va tugamas urushlari”ga qarshi qaratilgan.
Italiya, Rim. Ma’lumotlarga ko‘ra, minglab odamlar yurish qildi va ular orasida Isroil hamda AQShning Eronga hujumlariga qarshi bannerlar ham bo‘lgan.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Demonstransii v Danii v podderjku Grenlandii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2026
Daniyada AQShga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar lentasi
0