https://oz.sputniknews.uz/20260327/sanatkorlar-soliq-tartibi-56540082.html
“Bir xizmat – bir to‘lov”: san’atkorlar uchun yangi soliq tartibi joriy etilishi mumkin
“Bir xizmat – bir to‘lov”: san’atkorlar uchun yangi soliq tartibi joriy etilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda san’atkor va boshlovchilar har bir to‘y yoki konsert uchun soliq to‘lashi shart bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan ijrochilar va ijodiy jamoalar ko‘rsatadigan barcha xizmatlar “Soliq” mobil ilovasi orqali majburiy tarzda ro‘yxatga olinadi.
2026-03-27T11:43+0500
2026-03-27T11:43+0500
2026-03-27T11:43+0500
iqtisod
soliq
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/24/61/246188_0:0:1001:563_1920x0_80_0_0_bae56bc5e03ba5899d2a4eec86fa2875.jpg
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. O‘zbekistonda san’atkor va boshlovchilar har bir to‘y yoki konsert uchun soliq to‘lashi shart bo‘lishi mumkin. Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan ijrochilar va ijodiy jamoalar ko‘rsatadigan barcha xizmatlar “Soliq” mobil ilovasi orqali majburiy tarzda ro‘yxatga olinadi.Xizmat ko‘rsatish joyi, sanasi va qiymati haqidagi ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng belgilangan to‘lov amalga oshiriladi va avtomatik ravishda elektron ma’lumotnoma shakllantiriladi.Shu bilan birga, 2026-yil 1-sentabrdan konsert faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq bekor qilinadi.Yangi tizimga ko‘ra, mobil ilovada ma’lumot kiritmaslik yoki belgilangan to‘lovni amalga oshirmaslik litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzish sifatida baholanadi. Bunday hollarda ijrochilarga shartnoma qiymatining 20 foizigacha, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda (8,240 mln so‘m) jarima qo‘llanadi.Bundan tashqari, huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanishi nazarda tutilgan.2029 yil 1-yanvardan boshlab esa konsert xizmatlaridan olingan daromadlarga soliq stavkasi shartnoma qiymati asosida hisoblanadi. Soliq hisob-kitoblari, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish jarayonlari soliq organlari tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.Shuningdek, mobil ilovada quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etiladi:Yangi tizim doirasida ijrochilar uchun reyting tizimi ham joriy etilib, ularning soliq intizomi va shartnomalarni bajarish ko‘rsatkichlari baholanadi.Qolaversa, 2029-yildan boshlab konsert-tomosha xizmatlarini faqat naqdsiz to‘lov asosida amalga oshirish taklif etilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/24/61/246188_19:0:908:667_1920x0_80_0_0_7e98c99ba1d46a23ac1a8825e63883c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
san’atkorlar soliq tartibi yangi qonun ma’lumot
san’atkorlar soliq tartibi yangi qonun ma’lumot
“Bir xizmat – bir to‘lov”: san’atkorlar uchun yangi soliq tartibi joriy etilishi mumkin
Barcha xizmatlar maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart bo‘ladi. Agar xizmatlar yashirilsa yoki rasmiylashtirilmasa, kamida BHMning 20 baravari miqdorida jarima qo‘llanadi.
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. O‘zbekistonda san’atkor va boshlovchilar har bir to‘y yoki konsert uchun soliq to‘lashi shart bo‘lishi mumkin. Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini muhokamaga
qo‘ydi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentabrdan ijrochilar va ijodiy jamoalar ko‘rsatadigan barcha xizmatlar “Soliq” mobil ilovasi orqali majburiy tarzda ro‘yxatga olinadi.
Xizmat ko‘rsatish joyi, sanasi va qiymati haqidagi ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng belgilangan to‘lov amalga oshiriladi va avtomatik ravishda elektron ma’lumotnoma shakllantiriladi.
2026–2029 yillar davomida jismoniy shaxslar daromad solig‘ini “bir xizmat – bir to‘lov” tamoyili asosida qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lash tartibi amal qiladi. Bu tartib mehnat shartnomasi asosida ishlovchi ijrochilarga tatbiq etilmaydi.
Shu bilan birga, 2026-yil 1-sentabrdan konsert faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq bekor qilinadi.
Yangi tizimga ko‘ra, mobil ilovada ma’lumot kiritmaslik yoki belgilangan to‘lovni amalga oshirmaslik litsenziya talablarini qo‘pol ravishda buzish sifatida baholanadi. Bunday hollarda ijrochilarga shartnoma qiymatining 20 foizigacha, ammo bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda (8,240 mln so‘m) jarima qo‘llanadi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot to‘lanishi nazarda tutilgan.
2029 yil 1-yanvardan boshlab esa konsert xizmatlaridan olingan daromadlarga soliq stavkasi shartnoma qiymati asosida hisoblanadi. Soliq hisob-kitoblari, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish jarayonlari soliq organlari tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Shuningdek, mobil ilovada quyidagi qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etiladi:
xizmatlar bo‘yicha shartnomalarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish;
tadbirlarni elektron tarzda band qilish;
elektron to‘lovlarni amalga oshirish;
ijrochilar xizmatlari bo‘yicha o‘rtacha narxlar katalogini shakllantirish;
ijrochilarning prays-listlarini ochiq e’lon qilish.
Yangi tizim doirasida ijrochilar uchun reyting tizimi ham joriy etilib, ularning soliq intizomi va shartnomalarni bajarish ko‘rsatkichlari baholanadi.
Qolaversa, 2029-yildan boshlab konsert-tomosha xizmatlarini faqat naqdsiz to‘lov asosida amalga oshirish taklif etilmoqda.