Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Yevroosiyo hukumatlararo kengashi ishtirokchilari sakkizta hujjat imzoladi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishZasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta
Zasedanie Yevraziyskogo mejpravitelstvennogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2026
Obuna bo‘lish
Ular orasida Yevroosiyo texnologik platformalarining shakllanishi va faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror ham bor.
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo mamlakatlar Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida 8 ta hujjatni tasdiqladi.
Xususan, imzolangan hujjatlar orasida Yevroosiyo texnologik platformalarining shakllanishi va faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risidagi hamda sanoat tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini tanlash to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish va ularni YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan amalga oshirishda moliyaviy ko‘maklashish to‘g‘risidagi qaror bor.
Bundan tashqari, "YeOIIga a’zo davlatlardagi makroiqtisodiy vaziyat va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha takliflar to‘g‘risida" va "YeOIIga a’zo davlatlarning 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi birgalikdagi harakatlari dasturi to‘g‘risida"gi farmoyishlar tasdiqlandi.
Shuningdek, Yevroosiyo hukumatlararo kengashining navbatdagi majlisini o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risida farmoyish imzolandi.
Qozog‘istonning Chimkent shahrida Yevroosiyo hukumatlararo yig‘ilishi kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot huzurida kuzatuvchi davlat sifatida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston-YeOII: Aripov hamkorlikning 5 ta yo‘nalishini belgiladi
Yangiliklar lentasi
0