Mamlakatlarning YeOII bilan hamkorlikka qiziqishi ortib boradi – Mishustin
Mamlakatlarning YeOII bilan hamkorlikka qiziqishi ortib boradi – Mishustin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bosh vaziri konstruktiv ish olib boradigan do‘stona davlatlar bilan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini qayd etdi. 27.03.2026, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Mamlakatlarning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib boradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.Uning eslatishicha, 2025-yil oxirida “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li” deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan."Bizning hukumatlarimiz oldida uning amaliy bajarilishini ta’minlash vazifasi turibdi. Bu milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va ittifoq mamlakatlarining barcha fuqarolarining hayot sifatini yaxshilash uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar ochadi”, - deya qo‘shimcha qildi Mishustin.
Rossiya bosh vaziri konstruktiv ish olib boradigan do‘stona davlatlar bilan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni davom ettirish muhim ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. Mamlakatlarning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan qiziqishi ortib boradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Chimkent shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
“Ittifoqning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri tashqi konturda hamkorlikni rivojlantirishdir. O‘tgan yil bu borada samarali bo‘ldi. Indoneziya, Mo‘g‘uliston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan tegishli erkin savdo bitimlari tuzildi. Ishonchim komilki, ittifoq bilan hamkorlikka qiziqish kuchayadi. Va konstruktiv ish olib boradigan do‘stona davlatlar bilan o‘zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni davom ettirish muhimdir”, - dedi Rossiya hukumati raisi.
Uning eslatishicha, 2025-yil oxirida “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li” deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
"Bizning hukumatlarimiz oldida uning amaliy bajarilishini ta’minlash vazifasi turibdi. Bu milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va ittifoq mamlakatlarining barcha fuqarolarining hayot sifatini yaxshilash uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar ochadi”, - deya qo‘shimcha qildi Mishustin.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.