AQSh boshchiligidagi G‘arb quldorlikni insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojia deb tan olmaydi

© SputnikBaxtiyor Ergashev
Baxtiyor Ergashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2026
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va G‘arb neomustamlakachillikka bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi uchun iqtisodiy, mafkuraviy, texnologik harbiy tizimlarda juda jiddiy, keskin o‘zgarishlar yuz berishi kerak.
TOShKENT, 27 mar – Sputnik. AQSh boshchiligidagi G‘arb quldorlikni insoniyat tarixidagi eng dahshatli fojia deb tan olmaydi, deb hisoblaydi “Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev.
Ekspertning ta’kidlashicha, AQSh davlat kotibi Marko Rubioning 2026-yil fevralidagi Munxen konferensiyasidagi nutqi – ular “dunyoda yetakchilik qilishni” davom ettirishmoqchi ekanini anglatuvchi G‘arb neomustamlakachiligining yorqin murojaati va bu neomustamlakachilik siyosatini saqlab qolish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
“AQSh va G‘arb neomustamlakachillikka bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi uchun dunyo, iqtisodiy, mafkuraviy, texnologik harbiy tizimlarda juda jiddiy, keskin o‘zgarishlar yuz berishi kerak”, - dedi Ergashev Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida.
Eslatamiz, BMT Bosh Assambleyasi transatlantik qullar savdosini “insoniyatga qarshi eng og‘ir jinoyat” deb e’lon qiluvchi tarixiy rezolyutsiyani qabul qildi.
Hujjatni 123 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston qo‘llab-quvvatladi. Rezolyutsiya tashabbuskori Gana bo‘lgan. Hujjatga AQSh, Isroil va Argentina qarshi ovoz bergan, yana 52 ta davlat, jumladan, Buyuk Britaniya va YeI mamlakatlari betaraf qolgan.
Qabul qilingan hujjat transatlantik qullar savdosini “insoniyatga qarshi eng insoniy bo‘lmagan va davomli adolatsizlik” sifatida qat’iy qoralaydi. Rezolyutsiyaning asosiy bandlariga ko‘ra, a’zo davlatlarni tarixiy xatolarni tuzatish vositasi sifatida reparatsiyalar (davlatning boshqa davlatga yetkazgan zararini pul bilan yoki boshkacha shaklda qoplashi) bo‘yicha muloqot boshlashga chaqiradi. Bu jarayon rasmiy uzr so‘rash, kompensatsiya to‘lash, reabilitatsiya va qayta takrorlanmaslik kafolatlarini o‘z ichiga olishi kerak.
Alleya flagov vozle zdaniya Organizatsii Obyedinyonnix Natsiy (OON) v Jeneve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2026
O‘zbekiston BMTning qullar savdosiga qarshi tarixiy rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatladi
Yangiliklar lentasi
0