Water Week-2026: Toshkentda suv xavfsizligi va iqlim masalalari ko‘tarildi

© Sputnik / Ilsiya GilmanshinaMejdunarodniy forum: Tashkent Water Week 2026
Mejdunarodniy forum: Tashkent Water Week 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2026
Obuna bo‘lish
Forumda suv resurslarini boshqarish, iqlim o‘zgarishining ta’siri va ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali Markaziy Osiyoda suv xavfsizligini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Water Week – 2026 xalqaro suv haftaligi doirasida Toshkent suv xavfsizligi forumi o‘tkazildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Forum doirasida Markaziy Osiyoda suv xavfsizligiga bag‘ishlangan “Bilimdan amaliyotga: Markaziy Osiyoda suv xavfsizligini yaxshilash uchun fan va siyosat muloqotini kuchaytirish” mavzusida sessiyalar tashkil etildi.
© Sputnik / Ilsiya GilmanshinaMejdunarodniy forum: Tashkent Water Week 2026
Mejdunarodniy forum: Tashkent Water Week 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2026
Mejdunarodniy forum: Tashkent Water Week 2026
Unda o‘zbekistonlik va xalqaro ekspertlar suv xavfsizligini ta’minlashda ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish, qarorlarni ilmiy asoslar bilan mustahkamlash va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, suv resurslarini boshqarish, suv-energetika bog‘liqligi, iqlim o‘zgarishining suv tizimlariga ta’siri va innovatsion yondashuvlar masalalari muhokama qilindi.
Sessiyalar yakunlariga ko‘ra, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator takliflar ilgari surildi.
U Uzbekistana yest xoroshiy potensial v sfere izucheniya vodnix problem, odnako mnogie provedennie eksperimenti i novshestva ne primenyayutsya na praktike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2026
O‘zbekistonda yirik toshqinlar haqida aholini erta ogohlantirish tizimi joriy qilindi
Yangiliklar lentasi
0