https://oz.sputniknews.uz/20260325/tehran-usa-muzokaralar-xabar-rad-56506296.html
"Bizni yana ahmoq qilishlarini xohlamaymiz": Eron AQSh bilan muzokaralar xabarini rad etdi
"Bizni yana ahmoq qilishlarini xohlamaymiz": Eron AQSh bilan muzokaralar xabarini rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb nashrlari AQShning Eronga 15 bandli tinchlik rejasini vositachilar orqali yetkazganini yozmoqda. Biroq Tehron to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lganini rad etib, Vashingtonga ishonmasligini bildirmoqda
2026-03-25T18:08+0500
2026-03-25T18:08+0500
2026-03-25T18:17+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
isroil
aqsh – eron mojarosi
donald tramp
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36535624_265:0:3906:2048_1920x0_80_0_0_dbb2fd987f166d5ef8b230ff478f7975.jpg
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Italiyaning "Corriere della Sera" nashriga bergan intervyusida AQSh va Eron o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralar dam olish kunlari bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi.Shu bilan birga, Amerika tomonidan Tehronga vositachilar orqali 15 bandli tinchlik yoki o‘t ochishni to‘xtatish rejasi yetkazilgani haqida bir nechta g‘arb nashrlari xabar qildi. Eron parlamenti raisi Muhammadboqir Qolibof ham Vashington bilan muzokaralar haqidagi xabarlarni “feyk” deb atab, ular neft va moliya bozorlariga ta’sir qilish uchun tarqatilayotganini aytdi.“Hotam al-Anbiya” markaziy shtabi vakili Vashington “Eron xalqiga qarshi harakatlardan voz kechmaguncha” muzokaralar haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini bildirdi. Eron rasmiylari AQSh bilan muzokaralarda vositachi davlatlarga o‘tmishdagi tajriba tufayli Vashingtonga ishonmasliklarini aytishgan, deb yozadi "Axios" portali manbalarga tayanib.AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar ikki marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan: iyun oyida Isroil prezident Donald Tramp ko‘magida rejalashtirilgan muzokaralar raundidan oldin Eronga hujum qilgan, fevral oyida esa AQSh va Isroil yadroviy masala bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgandan so‘ng operatsiyani boshlagan."Axios"ning yozishicha, AQSh va Isroil Eron bilan mojaro yana ikki-uch hafta davom etishi mumkinligidan kelib chiqmoqda. Shu bilan birga, Vashington diplomatiya imkoniyatini ham, harbiy bosimni ham saqlab qolmoqda: Oq uy muloqotlarga urinishlar davom etayotganini bildirgan, ammo AQSh amaliyoti to‘xtatilmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260323/tramp-aqsh-eron-56459786.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/04/36535624_1175:0:3906:2048_1920x0_80_0_0_5e3f4c21b15da924e298e6c33c704c77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rafael grossi, aqsh, eron, islomobod, muzokaralar, 15 bandli reja, ismoil bagayi, muhammad-boqir g‘olibof, axios, reuters, ap, yaqin sharq
rafael grossi, aqsh, eron, islomobod, muzokaralar, 15 bandli reja, ismoil bagayi, muhammad-boqir g‘olibof, axios, reuters, ap, yaqin sharq
"Bizni yana ahmoq qilishlarini xohlamaymiz": Eron AQSh bilan muzokaralar xabarini rad etdi
18:08 25.03.2026 (yangilandi: 18:17 25.03.2026) OAVda AQSh–Eron muzokaralari haqidagi xabarlar kuchaygan bir paytda Tehron hech qanday muloqot bo‘lmaganini bildirib, bu ma’lumotlar moliya bozorlariga ta’sir qilish uchun tarqatilayotganini aytdi.
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Italiyaning "Corriere della Sera" nashriga bergan intervyusida AQSh va Eron o‘rtasidagi ehtimoliy muzokaralar dam olish kunlari bo‘lib o‘tishi mumkinligini
aytdi.
Shu bilan birga, Amerika tomonidan Tehronga vositachilar orqali 15 bandli tinchlik yoki o‘t ochishni to‘xtatish rejasi yetkazilgani haqida bir nechta g‘arb nashrlari xabar qildi.
Biroq Tehron bu xabarlarni ochiq rad etmoqda. Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Bagayi AQSh bilan hech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar bo‘lmaganini, urush boshlanganidan beri ham bunday muloqot o‘tmaganini bildirdi.
Eron parlamenti raisi Muhammadboqir Qolibof ham Vashington bilan muzokaralar haqidagi xabarlarni “feyk” deb atab, ular neft va moliya bozorlariga ta’sir qilish uchun tarqatilayotganini aytdi.
“Hotam al-Anbiya” markaziy shtabi vakili Vashington “Eron xalqiga qarshi harakatlardan voz kechmaguncha” muzokaralar haqida gap bo‘lishi mumkin emasligini bildirdi.
Eron rasmiylari AQSh bilan muzokaralarda vositachi davlatlarga o‘tmishdagi tajriba tufayli Vashingtonga ishonmasliklarini aytishgan, deb yozadi "Axios" portali manbalarga tayanib.
AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar ikki marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan: iyun oyida Isroil prezident Donald Tramp ko‘magida rejalashtirilgan muzokaralar raundidan oldin Eronga hujum qilgan, fevral oyida esa AQSh va Isroil yadroviy masala bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgandan so‘ng operatsiyani boshlagan.
"Bizni yana ahmoq qilishlarini xohlamaymiz," - deya manbalarning so‘zlarini keltiradi portal. Ularning fikricha Trampning tinchlik muzokaralari haqidagi taklifi hiyla bo‘lishi mumkin.
"Axios"ning yozishicha, AQSh va Isroil Eron bilan mojaro yana ikki-uch hafta davom etishi mumkinligidan kelib chiqmoqda. Shu bilan birga, Vashington diplomatiya imkoniyatini ham, harbiy bosimni ham saqlab qolmoqda: Oq uy muloqotlarga urinishlar davom etayotganini bildirgan, ammo AQSh amaliyoti to‘xtatilmagan.