Qahramonlar xotirasiga: Toshkentda “Xotira bog‘i” xalqaro aksiyasi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Toshkentda ekilgan daraxtlar xalqaro loyihaning bir qismiga hamda G‘alaba avlodiga bildirilgan minnatdorlikning yana bir tirik ramziga aylandi.
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Toshkentdagi “Birodarlar qabristoni” yodgorlik majmuasi hududida Ulug‘ Vatan va Ikkinchi jahon urushi qahramonlariga bag‘ishlangan “Xotira bog‘i” xalqaro aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkentdagi Rus uyi O‘zbekistondagi “G‘alaba ko‘ngillilari” xalqaro jamoasi bilan hamkorlikda tashkil etdi.
Tadbirda Rossiya elchisi Aleksey Yerxov, Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy, O‘zbekistondagi Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya, Rossiya, Qozog‘iston va Belarusning mudofaa masalalari bo‘yicha attashe vakillari, qamaldagi Leningrad aholisi, yoshlar hamda ko‘ngillilar ishtirok etdi.
Rossiya elchisi Aleksey Yerxov o‘z tabrik nutqida mazkur aksiyaning muhimligini ta’kidladi.

“Biz bu daraxtlarni sizu biz uchun, Vatanimiz, tinchlik, barcha insonlarning baxt-saodati uchun jon fido qilganlar xotirasiga bag‘ishlab ekmoqdamiz", — dedi u.

Mitropolit Vikentiy jangchilar va Vatan himoyachilari xotirasini asrab-avaylash zarurligini qo‘shimcha qildi.
“Biz doimo jangchilarimiz uchun ibodat qilamiz. Bugun biz ularni eslab, Xudodan ularga mangu shodlik, bizga esa farovonlik va tinchlik ato etishini, ular jang maydonida nima uchun kurashgan bo‘lsa, o‘sha butun dunyodagi tinchlikni biz ko‘paytirishimiz va saqlashimiz kerak”, — dedi u.
Irina Staroselskaya “Xotira bog‘i” aksiyasi haqida so‘zlab, har bir ekilgan ko‘chat qahramonlarga bag‘ishlanishini hamda har bir ishtirokchi lavhaga o‘z qahramonining ismini yozib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirishi va ehtirom ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidladi.

“Bugun biz bilan birga, qahramonlar xotirasiga bag‘ishlab daraxt ekish uchun ochiq ko‘ngil bilan kelgan yosh va G‘alaba ko‘ngillilari ham bor. Yoshlar: o‘quvchilar va talabalar yaqinlashib kelayotgan bayram – G‘alaba kuni ekanligi hamda bugungi tadbir juda muhim voqealigi va bu xotira ekanligini tushunishlaridan juda xursandman”, – dedi u Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.

Tadbir doirasida ishtirokchilar kelajak avlodlarning tinchligi va ozodligi yo‘lida jon fido qilganlar xotirasining tirik ramziga aylangan 50 tadan ortiq Qrim qarag‘ayi va kashtan ko‘chatlarini ekishdi.
“Xotira bog‘i” xalqaro aksiyasi har yili dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi. Uning maqsadi — Ulug‘ Vatan urushi yillarida halok bo‘lgan 27 million sovet fuqarosi xotirasiga 27 million tup daraxt ekish.
Toshkentda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mangu olov poyiga gullar qo‘yildi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2026
Toshkentda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Mangu olov poyiga gullar qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0