https://oz.sputniknews.uz/20260325/russia-uzbekistan-migrant-huquq-56496916.html
Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar huquqlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar huquqlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya idoralararo ishchi guruhi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra, tomonlar mehnat migratsiyasi doirasida fuqarolar huquqlari ustidan nazorat va monitoringni kuchaytirish majburiyatini oldi.
2026-03-25T14:14+0500
2026-03-25T14:14+0500
2026-03-25T14:14+0500
o‘zbekiston
migratsiya
bosh prokuratura
rossiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/19/56496512_17:154:1260:853_1920x0_80_0_0_19197890e7bb16583f88a5e07f70a9ff.jpg
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. 24–25 mart kunlari O‘zbekiston Bosh prokuraturasida migratsiya sohasidagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya idoralararo ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda ikki davlat vazirlik va idoralarining rasmiy delegatsiyalari ishtirok etdi, unga O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlarining o‘rinbosarlari rahbarlik qildi.Shuningdek, har ikki davlat qonunchiligi doirasida chet el fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, Rossiyada istiqomat qilayotgan fuqarolarning mehnat qonunchiligiga rioya etishi, migratsiya jarayonlari sharoitida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, shartnoma bazasini kengaytirish hamda axborot almashinuvini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Tomonlar migratsiya sohasida har ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari mehnatga kelayotgan ikki davlat fuqarolarining huquqlari ustidan nazorat va monitoringni kuchaytirish majburiyatini oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260226/mishustin-migratsiya-soha-malumotlar-55966060.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/19/56496512_77:45:1155:853_1920x0_80_0_0_5f30dc64e0ac06e237f358870061ab02.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya bosh prokuraturasi, o‘zbekistonlik migrantlar, mehnat migrantlari, migrantlar huquqlari, huquqlar nazorati, monitoring, o‘zbekiston rossiya, bosh prokuratura, migratsiya, ishchi guruh
rossiya bosh prokuraturasi, o‘zbekistonlik migrantlar, mehnat migrantlari, migrantlar huquqlari, huquqlar nazorati, monitoring, o‘zbekiston rossiya, bosh prokuratura, migratsiya, ishchi guruh
Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar huquqlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
Idoralararo uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar mehnat migratsiyasi sohasida fuqarolar huquqlarini himoya qilish va monitoringni kuchaytirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. 24–25 mart kunlari O‘zbekiston Bosh prokuraturasida migratsiya sohasidagi vaziyatni o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya idoralararo ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda ikki davlat vazirlik va idoralarining rasmiy delegatsiyalari ishtirok etdi, unga O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlarining o‘rinbosarlari rahbarlik qildi.
Muloqot chog‘ida bugungi migratsiya holati, ushbu sohada birgalikda yechim talab qiladigan muammoli masalalar va qonun ustuvorligini ta’minlash choralari muhokama qilindi.
Shuningdek, har ikki davlat qonunchiligi doirasida chet el fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, Rossiyada istiqomat qilayotgan fuqarolarning mehnat qonunchiligiga rioya etishi, migratsiya jarayonlari sharoitida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, shartnoma bazasini kengaytirish hamda axborot almashinuvini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar migratsiya sohasida har ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari mehnatga kelayotgan ikki davlat fuqarolarining huquqlari ustidan nazorat va monitoringni kuchaytirish majburiyatini oldi.