Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy muammolar girdobida qolgan – OAV

© AP Photo / Peter MorrisonVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2026
Obuna bo‘lish
Erondagi voqealar ortidan Rossiya neftiga qarshi kiritilgan sanksiyalarning bosqichma-bosqich yumshatilishi Rossiya pozitsiyasini kuchaytirmoqda, Ukrainani esa yanada mushkul vaziyatga tushirmoqda.
TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Vladimir Zelenskiyga o‘tkazilayotgan bosim uning uchun chidab bo‘lmas bo‘lishi mumkin, deya yozadi “The American Conservative” jurnali.
“Zelenskiy prezident bo‘lganidan buyon u bosimdan boshqa deyarli boshqa hech narsani bilmadi, biroq bu chidab bo‘lmas bo‘lib bormayaptimi?”, - deya savol bilan yuzlangan maqola muallifi.
Nashrga ko‘ra, Kiyev rejimi rahbari ulkan muammolarga duch kelmoqda: mamlakat ichida pozitsiyalarni qo‘ldan chiqarish, AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan bosim kuchayishi va Vashington va Tel-Avivning Eronga hujumi sabab Ukrainaga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishi.

“Zelenskiy uchun dunyodagi umumiy vaziyat tobora noqulay bo‘lib bormoqda. Erondagi urush e’tiborni, eng muhimi, qurol-yarog‘ va havo hujumidan mudofaa vositalarini Ukrainadan o‘ziga jalb qildi. Ukrainaga yuborilishi kerak bo‘lgan raketa tutuvchilari Yaqin Sharq osmonida yoqib yubormoqda”, - deyilgan maqolada.

Shu bilan birga, Erondagi voqealar ortidan Rossiya neftiga qarshi kiritilgan sanksiyalarning bosqichma-bosqich yumshatilishi Rossiya pozitsiyasini kuchaytirmoqda, Ukrainani esa yanada mushkul vaziyatga tushirmoqda.
Avvalroq Tramp Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni hal etish uchun yon berish istagida emasligidan hayron qolganini bildirgandi. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qaraganda Zelenskiy bilan bitim tuzish ancha qiyinroq.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Ukrainadagi mojaroni hal etishga tayyorligi va frontdagi vaziyat mamlakat foydasiga hal bo‘layotganini aytgan.
Zenitno raketniy kompleks Patriot  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina uchun yomon xabar: Welt Tramp Zelenskiyga Patriot raketalarini bera olmasligini yozdi
Yangiliklar lentasi
0