Tramp: AQSh va Eron harbiy harakatlarni to‘xtatishni muhokama qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp vistupayet v Vostochnoy komnate Belogo doma v Vashingtone.
Prezident SShA Donald Tramp vistupayet v Vostochnoy komnate Belogo doma v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2026
Obuna bo‘lish
AQSh Eron elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasiga har qanday harbiy hujumlarni ham kechiktiradi.
TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Vashington va Tehron so‘nggi ikki kun ichida Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarni bas qilish to‘g‘risida konstruktiv muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari va Eron so‘nggi ikki kun ichida Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarimizni to‘liq va batamom to‘xtatish bo‘yicha juda yaxshi va samarali muzokaralar olib borganini ma’lum qilishdan mamnunman”, - deya yozdi “Truth Social” tarmog‘idagi sahifasida.

AQSh yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Pentagonga Eron elektr stansiyalari va energetika infratuzilmasiga har qanday harbiy hujumlarni ushbu davom etayotgan uchrashuvlar va muhokamalar muvaffaqiyatli bo‘lguncha besh kunlik muddatga kechiktirishni buyurgan.
Eron tomoni muzokaralar bo‘lganini rad etdi. Mamlakat TIV bayonotiga ko‘ra, Tramp go‘yoki hujumlarni kechiktirish va muzokaralar haqidagi gaplari bilan vaqtdan yutmoqchi.
Kuni kecha AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi yo‘lni 48 soat ichida to‘liq ochmasa, “amerikalik harbiylar mamlakatdagi barcha elektr stansiyalarni yo‘q qilishi” haqida ogohlantirgandi.
Bunga javoban Eron bunday holatda eronliklar AQShning Yaqin Sharqdagi hamma kompaniyalariga va mintaqadagi barcha energetika infratuzilmalariga hujum qilishini bildirdi.
Iranskie soldati na katere v Ormuzskom prolive, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2026
Eron Fors ko‘rfazini minalashtirish bilan tahdid qildi
Yangiliklar lentasi
0