Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda qo‘shma loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash doirasida 5 ta ariza ma’qullandi

© press-slujba YeIKYeAES
YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2026
Obuna bo‘lish
2026 yil oxirigacha 20 taga yaqin loyiha ma’qullanishi kutilyapti.
TOShKENT, 23 mar – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) qo‘shma loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi doirasida 5 ta ariza allaqachon ma’qullangan. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat kompleksi bo‘yicha hay’at a’zosi Goar Barsegan “Vesti” axborot xizmatiga ma’lum qildi.
"Sanoatning turli sohalaridagi 7 ta loyiha arizalari yuqori darajada tayyor. Shuningdek, biz Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya hududlarida oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, og‘ir mashinasozlik, temir yo‘l mashinasozligi kabi sohalarda mahalliylashtiriladigan loyiha tashabbuslarini muhokama qilmoqdamiz”, - deya qo‘shimcha YeIK vaziri.
Misol uchun, "AvtoVAZ" va Belarus kompaniyalari ishtirokida Qirg‘iziston hududida avtomobillarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tashabbusi. ️ ️
YeIK vakilining tushuntirishicha, imtiyozli moliyalashtirish mexanizmi birinchi navbatda kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lsa-da, yirik biznes ham unga qiziqish bildirmoqda. ️ ️
“Biz 2026-yil oxirigacha 20 taga yaqin loyiha ma’qullanishiga umid qilyapmiz”, - dedi Barsegan.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Uborka pshenisi v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOII haydovchisiz boshqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0