Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi milliy madaniy markazlar pavilonlariga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2026
Obuna bo‘lish
"Do‘stlik" bog‘ida Shavkat Mirziyoyev tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi va milliy madaniy markazlar vakillari bilan birgalikda suratga tushdi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi Milliy madaniy markazlar paviloniga tashrif buyurdi.
U yerdagi "Do‘stlik" bog‘ida o‘ziga xos arxitektura uslubida barpo etilgan 22ta milliy pavilonlarda ham bugun Navro‘z tantanalari keng nishonlanmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2026
Prazdnovanie Navruza v Tashkente
Bog‘da qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqird o‘tovlari, koreys, belarus, ukrain, grek, olmon, dungan, polyak, yahudiy, gruzin, arman, tatar va qrim-tatar, uyg‘ur, turk, tojik, xitoy, rus hamda ozarbayjon xalqlarining ikki qavatdan iborat do‘stlik uylari joylashgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2026
Prazdnovanie Navruza v Tashkente
Interyerlar o‘sha xalqning milliy an’analariga mos holda bezatilgan. Ekspozitsiyalarda esa milliy liboslar, cholg‘u asboblari, dekorativ-amaliy san’at namunasi, tarixiy maketlar va madaniy merosni aks ettiruvchi ko‘plab eksponatlar o‘rin olgan.
U yerda prezident har bir milliy maskan faoliyati bilan tanishdi, ishtirokchilar bilan suhbatlashdi, milliy-madaniy markazlarning umumxalq bayramlarini yuksak ruhda o‘tkazishdagi hissasi alohida e’tirof etildi.
Yuksak vatanparvarligi, fidoyi mehnati bilan respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga qo‘shayotgan hissasi uchun turli millatga mansub yurtdoshlarimizga minnatdorlik bildirildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2026
Prazdnovanie Navruza v Tashkente
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tashkil etilgan badiiy dasturni tomosha qildi va milliy madaniy markazlar vakillari bilan birgalikda suratga tushdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi, 157 ta milliy-madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu xilma-xillik ko‘p asrlik tarixiy jarayonlar natijasida shakllangan noyob ijtimoiy hodisa sanaladi. Milliy madaniyatlarni rivojlantirish, millatlararo totuvlikni asrab-avaylash va mustahkamlash, shu orqali yosh avlodni bag‘rikenglik va hamjihatlik ruhida tarbiyalash - davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrazdnovanie Navruza v Tashkente
Prazdnovanie Navruza v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2026
Prazdnovanie Navruza v Tashkente
Yangiliklar lentasi
0