AQSh va Isroil Eronning uran boyitish korxonasiga hujum qildi

© REUTERSDaydjest zarubejnix SMI – eskalatsiya vokrug Irana
Daydjest zarubejnix SMI – eskalatsiya vokrug Irana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2026
Obuna bo‘lish
Zarba natijasida radioaktiv moddalar sizib chiqishi qayd etilmagan.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. AQSh va Isroil Eronning Natanz shahridagi uran boyitish korxonasiga hujum qildi, deb e’lon qildi mamlakat Atom energiyasi boshqarmasi.
"AQSh va Isroil rejimining mamlakatimizga qarshi jinoiy hujumlari natijasida bugun ertalab Natanzdagi Ahmadi-Roshan boyitish inshootiga hujum qilindi", - deyiladi xabarda.
Shuningdek, yadroviy obyektda radiatsiya chiqish holati qayd etilmagan.
Texnik va ekspert tekshiruvlari natijalariga asoslanib, shuni ma’lum qilamizki, ko‘zda tutilgan choralar, ilgari rejalashtirilgan harakatlar va monitoring ma’lumotlarga ko‘ra, majmuada radioaktiv moddalarning sizib chiqishi qayd etilmagan va atrofdagi hududlar aholisi uchun hech qanday tahdid yo‘q, - deyiladi Eron rasmiylari xabarida.
Ushbu harakat xalqaro qonunlar va majburiyatlarga, jumladan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YQQT) va yadroviy xavfsizlik va himoya bilan bog‘liq boshqa normalarga ziddir.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0