https://oz.sputniknews.uz/20260319/mirziyoev-aliev-yaqin-sharq-muhokama-56380847.html
Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev 19-mart kungi telefon muloqotida Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi. Tomonlar keskinlik keng mintaqa va jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
2026-03-19T13:53+0500
2026-03-19T13:53+0500
2026-03-19T13:53+0500
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
siyosat
telefon muloqoti
aqsh – eron mojarosi
ilhom aliyev
ozarbayjon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1396/34/13963496_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_4afaec22e65a3524aaa86a6c84126bd7.jpg
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Suhbatda tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilib, uning yanada keskinlashishi keng mintaqa uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga va jahon iqtisodiyoti retsessiyasiga olib kelishi mumkinligini qayd etdilar.Shuningdek, Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Tomonlar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham muhokama qilishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260123/mirziyoev-davos-uchrashuvlar-55203622.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1396/34/13963496_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9d2adb0eba850f40f8882abfc18786e8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, ilhom aliyev, yaqin sharq, o‘zbekiston, ozarbayjon, telefon muloqoti, jahon iqtisodiyoti, retsessiya, ramazon hayiti, navro‘z, strategik sheriklik
shavkat mirziyoyev, ilhom aliyev, yaqin sharq, o‘zbekiston, ozarbayjon, telefon muloqoti, jahon iqtisodiyoti, retsessiya, ramazon hayiti, navro‘z, strategik sheriklik
Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari telefon muloqotida Yaqin Sharqdagi vaziyat hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Suhbatda tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilib, uning yanada keskinlashishi keng mintaqa uchun oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga va jahon iqtisodiyoti retsessiyasiga olib kelishi mumkinligini qayd etdilar.
Davlat rahbarlari vaziyatni faqat siyosiy-diplomatik vositalar orqali tez fursatda yumshatish zarurligini ta’kidladilar.
Shuningdek, Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham muhokama qilishdi.