Mirziyoyev Samarqand viloyatida 7 mlrd dollarlik 106 ta loyihaga start berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Samarkandskoy oblasti sostoyalsya zapusk krupnix proyektov i dan start stroitelstvu novix
V Samarkandskoy oblasti sostoyalsya zapusk krupnix proyektov i dan start stroitelstvu novix  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2026
Obuna bo‘lish
Ular 13 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishi va 700 million dollarlik eksportni ta’minlashi kutilmoqda.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida hududda yirik livihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlashga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi.
Davlat rahbari hududning zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, ilg‘or texnika va texnologiyalari bilan tanishdi.
Marosimda shahar va tumanlarda qariyb 7 milliard dollar investitsiya hisobidan 106 ta yangi loyiha ishga tushirish va qurilishga tayyor ekani haqida axborot berildi.
Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, Samarqand viloyatidagi yirik loyihalarni ishga tushirish va yangilarining qurilishini boshlab berdi. Jumladan, Rossiya, Avstriya, Xitoy, BAA, Turkiya va Hindiston bilan hamkorlikda 2,4 milliard dollarlik 53 ta loyiha ishga tushdi.
Shuningdek, Rossiya, Niderlandiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, BAA, Turkiya va Eron bilan hamkorlikda 4,6 milliard dollarlik 53 ta loyiha bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.
Ushbu loyihalar natijasida 18 mingta yangi ish o‘rni yaratish, 13 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va 700 million dollarlik eksport salohiyatini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi.

Shu yerning o‘zida prezidentga Narpay tumanida suv resurslari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar ham taqdimot qilindi. Xususan, tumandagi 8 ta nasos stansiyasi davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga berilgan.

O‘tgan davrda 21 ta nasos agregati 12,3 milliard so‘m investitsiya hisobidan yangilandi. Buning natijasida yillik energiya iste’moli 68,1 million kilovatt-soatdan 34,1 million kilovatt-soatgacha kamaytirildi.
V Surxandarye vveden v ekspluatatsiyu rad predpriyatiy i dan start stroitelstvu novix moshnostey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2026
Surxondaryoda 7,1 mlrd dollarlik 44 ta loyiha: prezident ramziy tugmani bosdi
Yangiliklar lentasi
0