Toshkentda davra suhbati: birinchi kosmonavt va kosmik texnologiyalar bo‘yicha ma’lumot berildi

© SputnikUzbekkosmos rasskazal ob etapax podgotovki pervogo kosmonavta
Uzbekkosmos rasskazal ob etapax podgotovki pervogo kosmonavta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2026
Obuna bo‘lish
Toshkentda o‘tadigan STC 2026 xalqaro konferensiyasida “O‘zbekkosmos” 2030-yilgacha kosmik tarmoq strategiyasini taqdim etadi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Toshkentda 30-mart-1 aprel kunlari kosmik texnologiyalarga bag‘ishlangan Space Technology Conference – Central Eurasia 2026 (STC 2026) xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda raqamli texnologiyalar vazirining sun’iy intellektni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos kosmik sohaning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbatida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tadbir 40 tadan ortiq mamlakatdan 400 nafardan ziyod delegatni birlashtiradi. Konferensiyada kosmik agentliklar, xalqaro kompaniyalar, ilmiy markazlar va investitsiya hamjamiyati vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, “O‘zbekkosmos” O‘zbekiston kosmik tarmog‘ini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini taqdim etadi.
“O‘zbekkosmos” direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibragimovning aytishicha, mamlakatda birinchi kosmonavt uchun umummilliy tanlov o‘tkaziladi.
Nomzodlar tibbiy, psixologik va jismoniy sinovlardan o‘tadi, shuningdek, salomatlik, ta’lim va tayyorgarlik bo‘yicha talablarga javob berishi kerak. Xalqaro kosmik stansiya uchun rus va ingliz, Xitoy orbital stansiyasi uchun xitoy va ingliz tillarini bilish talab etiladi.
Finalchilar tanlovning ikkinchi bosqichini xorijda o‘taydi. Shundan keyin asosiy va zaxira tarkib shakllantiriladi. Tanlab olingan nomzodlar 10–12 oylik tayyorgarlikdan o‘tadi. Tanlangan stansiyaga qarab mashg‘ulotlar AQSh, Yaponiya, Germaniya yoki Pekinda tashkil etiladi, so‘ng karantin va stansiyaga 10–14 kunlik parvoz bosqichi boshlanadi.
“O‘zbekkosmos”ning ma’lum qilishicha, birinchi o‘zbek kosmonavtining ilmiy missiyasi global isish, iqlim o‘zgarishi, shuningdek, o‘simliklar genetikasi va chidamli navlarni yaratish bo‘yicha tadqiqotlarni qamrab oladi.

Agentlik bo‘lim boshlig‘i Humoyun Rahmonovning ta’kidlashicha, bu yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, missiyani shakllantirishda xalqaro tajriba inobatga olinadi. Ayni paytda “O‘zbekkosmos” Xitoy, Roskosmos, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Koreya kabi hamkorlar bilan orbital stansiyalarga chiqish imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Kosmicheskiy sputnik. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2026
2028 yilda ilk sun’iy yo‘ldosh va o‘zbekistonlik fazogir - prezident taqdimot bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0