O‘zbekistonda yirik toshqinlar haqida aholini erta ogohlantirish tizimi joriy qilindi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishU Uzbekistana yest xoroshiy potensial v sfere izucheniya vodnix problem, odnako mnogie provedennie eksperimenti i novshestva ne primenyayutsya na praktike
U Uzbekistana yest xoroshiy potensial v sfere izucheniya vodnix problem, odnako mnogie provedennie eksperimenti i novshestva ne primenyayutsya na praktike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2026
Obuna bo‘lish
Mediaturda suv omborlari monitoringida kosmik texnologiyalardan foydalanish, omborlarda suv kamayishi holatlari va kadrlar masalasi yuzasidan ma’lumot berildi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekistonda suv muammolarini o‘rganish sohasida yaxshi salohiyat mavjud, biroq ko‘plab ilmiy ishlanmalar va yangiliklar amaliyotga to‘liq joriy etilmayapti.
Buning sabablaridan biri — sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarini bitirgan ayrim yosh mutaxassislarning boshqa yo‘nalishlarga o‘tib ketayotgani.
Bu haqda “O‘zbekkosmos” agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mediatur doirasida suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev ma’lum qildi.
Mediatur doirasida O‘zbekistonda yirik toshqinlar haqida aholini erta ogohlantirish tizimi joriy etilgani ham ma’lum qilindi.
Xususan, 17 ta suv omborida favqulodda vaziyatlarda aholini ogohlantirishning lokal tizimi joriy etilgan, 16 ta suv omborida 83 ta seysmik qurilma, 44 ta suv omborida esa suv sathini real vaqt rejimida kuzatuvchi datchiklar o‘rnatilgan.
Bu haqda Suv xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi Xayrullo Qobilov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yildan buyon “O‘zbekkosmos” agentligi va Suv xo‘jaligi vazirligi kosmik suratlar yordamida 60 tadan ortiq suv omborining loyihaviy suv hajmini aniqlagan.
“O‘zbekkosmos” agentligi bosh mutaxassisi Shahzodbek Pardayevning Sputnik O‘zbekiston muxbiriga aytishicha, kosmik texnologiyalar orqali har kuni 50 ta obyektda suv sathi monitoringi olib borilmoqda, 29 ta suv omborida esa to‘g‘onlar siljishi kuzatilmoqda.
“O‘zbekkosmos” agentligi bosh mutaxassisi Komiljon Toshmatovning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt-vaqti bilan “suv omborlari qurib ketibdi” degan xabarlar tarqaladi, lekin bu vahimali holat emas, balki mavsumiy yog‘ingarchilik bilan bog‘liq tabiiy jarayondir.
Uning ta’kidlashicha, sug‘orish mavsumida suv omborlari asta-sekin to‘ladi. Qishda esa suvning muzlashi va yog‘ingarchilik kamligi sababli omborlar nisbatan bo‘sh ko‘rinadi. Bu oddiy hol.
Shuningdek, Toshmatovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda suv chuqurligini o‘lchash texnologiyalari ancha rivojlangan.
“Avval bunday zamonaviy uskunalar bo‘lmagan: chuqurlik qayiq yordamida, gidrograf ishtirokida, arqonga yuk bog‘lab o‘lchangan. Shu usullar orqali suv omborining hajmi va loyqalanish darajasi ham aniqlangan”, — dedi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda yuqori aniqlikdagi elektron va lazer uskunalar, GPS texnologiyalari qo‘llanilmoqda. Ular suv osti relyefini batafsil ko‘rsatib, deyarli har bir tosh va tuzilmani aniqlash imkonini beradi.
Predstavlena informatsiya o xode modernizatsii sistemi pityevogo vodosnabjeniya
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2026
To‘palang suvi aholiga nasossiz yetkazilmoqda: Mirziyoyev loyiha natijalari bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0