Namanganda chiqindilar uchun "aqlli" yerosti konteynerlari o‘rnatilmoqda

© Komitet po ekologii i izmeneniyu klimataV Namangane stroitsya noviy kompleks podzemnogo xraneniya otxodov vmestimostyu do 3 tonn
V Namangane stroitsya noviy kompleks podzemnogo xraneniya otxodov vmestimostyu do 3 tonn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2026
Obuna bo‘lish
Obi hayot mahallasida 3 tonnagacha chiqindini jamlay oladigan yerosti saqlash majmuasi qurilmoqda, hozircha uchta konteyner tayyor.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Namangan shahrining Obi hayot mahallasida 24/7 tartibida ishlashi rejalashtirilgan ko‘chada yerosti chiqindi saqlash majmuasi barpo etilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyiha doirasida har biri 500 kilogramm sig‘imga ega 6 ta chiqindi konteynerini yer ostiga o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozirga qadar ularning uchtasi tayyor bo‘ldi.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov innovatsion obyekt bilan tanishar ekan, bunday majmualar sonini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi.
Yerosti chiqindi saqlash majmuasi 3 tonnagacha chiqindi to‘plash imkoniga ega. Yirik hajmli konteynerlar to‘lganda maxsus qurilma avtomatik tarzda signal yuboradi, shundan so‘ng chiqindilar maxsus mashinada belgilangan poligonga olib ketiladi.
Bunday majmualarni Yangi Namangan va Davlatobod tumanlarida ham o‘rnatish rejalashtirilgan.
Videokamera u podyezda jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.12.2025
“Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” giyohvandlik va chiqindi muammosini aniqlaydi
Yangiliklar lentasi
0