Mirziyoyev: Olmaliq kombinati dunyodagi eng yirik 3 ta mis kompleksidan biriga aylanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident dal start rabote tretyey medno-obogatitelnoy fabriki v Almalike
Prezident dal start rabote tretyey medno-obogatitelnoy fabriki v Almalike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2026
Obuna bo‘lish
Prezident OKMKdagi 3-mis boyitish fabrikasi ochilishida “Yoshlik-1” va “Qalmoqqir” konlaridagi mis va oltin zaxiralari sanoatga kamida 100-yilga yetishini ta’kidladi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida “Yoshlik-1” va “Qalmoqqir” konlarining strategik ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, yaqin vaqtgacha o‘zlashtirish qiyin deb baholangan “Yoshlik-1” konidan joriy yilning o‘zida 20 million tonna ruda qazib olinadi. Kelgusi ikki yilda bu ko‘rsatkich 60 million tonnaga yetadi.
Umuman, “Yoshlik-1” va “Qalmoqqir” konlarida:
45 million tonna mis;
5 ming tonnadan ziyod oltin zaxirasi bor.
Bu zaxira sanoat uchun kamida 100-yillik kafolatli xomashyo bazasi bo‘lishi ta’kidlandi.
Shuningdek, konlardagi molibden, selen, tellur va reniy kabi noyob metallar yangi innovatsion loyihalar uchun muhim asos yaratadi.
Fabrika to‘liq quvvatga chiqqanidan keyin OKMKda mis konsentratining kunlik hajmi 2 ming 400 tonnadan 5 ming tonnaga oshadi. Loyiha doirasida 6 mingdan ziyod yoshlar yuqori daromadli ish o‘rniga ega bo‘ladi.
Korxonadagi barcha texnologik jarayonlar raqamlashtirilib, sun’iy intellekt asosidagi yagona boshqaruv tizimiga ulanadi. Buning hisobiga:
energiya sarfi 10 foizga;
tannarx 15 foizga kamayadi;
mehnat unumdorligi 10 foizga oshadi.
Bundan tashqari, qiymati 2,5 milliard dollar bo‘lgan yangi mis eritish zavodini barpo etish ishlari boshlangani ma’lum qilindi. Unda ham mingdan ziyod ish o‘rni yaratiladi.
Ushbu ikki yirik quvvat ishga tushgach, yillik ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo‘ladi:
mis katodi — 300 ming tonna;
oltin — 33 tonna;
kumush — 203 tonna;
molibden — 1,7 ming tonna.
Shu bilan birga, uran qazib olish va kimyo sanoati uchun zarur sulfat kislotasi ishlab chiqarish 3 karra oshadi. Bu esa kombinatga yiliga qo‘shimcha 5 milliard dollar tushum keltiradi.
Prezident OKMK bo‘yicha rejalar bundan ham katta ekanini ta’kidladi. Xususan, ko‘rsatkichlarni yana 1,5 barobar oshirishga xizmat qiladigan 4-mis boyitish fabrikasi bo‘yicha loyihaoldi ishlari jadal ketmoqda.

Qayd etilishicha, bu loyihalar amalga oshsa, Olmaliq kombinati mis ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng yirik uchta kompleksdan biriga aylanadi.

O‘zbekiston 2030-yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga chiqishni maqsad qilgan:
oltin — 175 tonna;
kumush — 500 tonna;
uran — 15 ming tonna;
mis — 500 ming tonna.
Bu borada amalga oshirilayotgan 22 milliard dollarlik loyihalar doirasida 40 mingga yaqin yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratilishi aytildi.
Prezident fabrika faoliyatiga start berdi.
Shavkat Mirziyoyev prinimayet uchastie v seremonii zapuska medno-obogatitelnoy fabriki № 3 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2026
Yiliga 118 tonna oltin, 70 mln so‘mgacha maosh — Mirziyoyev yangi fabrika ochilishida nutq so‘zladi
Yangiliklar lentasi
0