Yiliga 118 tonna oltin, 70 mln so‘mgacha maosh — Mirziyoyev yangi fabrika ochilishida nutq so‘zladi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev prinimayet uchastie v seremonii zapuska medno-obogatitelnoy fabriki № 3
Shavkat Mirziyoyev prinimayet uchastie v seremonii zapuska medno-obogatitelnoy fabriki № 3 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2026
Obuna bo‘lish
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lgan 3-mis boyitish fabrikasi ishga tushirildi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lgan ushbu loyiha tabiiy boyliklarni chuqur qayta ishlashga xizmat qiladi.
So‘nggi yillarda sohaga investitsiyalar faol jalb qilindi. Konlarni investorlarga berish bo‘yicha shaffof tizim yaratilgani hisobidan to‘qqiz yilda tarmoqqa 10 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritildi. Hozir sohada 65 ta xususiy korxona ishlamoqda.
So‘nggi yillarda ishlab chiqarish ham o‘sdi. Xususan:
oltin qazib olish so‘nggi 9-yilda 31 tonnaga ko‘payib, 118,4 tonnaga yetdi;
2016 yildan buyon kumush ishlab chiqarish 1,6 barobar oshdi;
uran ishlab chiqarish 2,1 barobar ko‘paydi;
mis ishlab chiqarish 1,4 barobar o‘sdi.
Natijada tarmoqdagi umumiy ishlab chiqarish hajmi 1,7 barobar oshib, o‘tgan yili 270 trillion so‘mga yetdi.
Sohada yuqori maoshli ish o‘rinlari ham ko‘paymoqda. Masalan:
ekskavator mashinisti — 30 million so‘mgacha;
burg‘ilash mutaxassisi va katta samosval haydovchisi — 40 million so‘mgacha;
geolog va marksheyder — 70 million so‘mgacha maosh olmoqda.
Tarmoq uchun kadrlar tayyorlash maqsadida qator profil oliygohlar va filiallar tashkil etilgan. Xususan, Olmaliqda “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti” universiteti filiali (“MISiS”), Olmaliq texnika instituti, Toshkentda Geologiya fanlari universiteti hamda Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil qilindi.
Ularda har yili 2,5 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanmoqda.
Bugun misni mamlakat ichida chuqur qayta ishlash kengaymoqda. Bu yil ishga tushadigan yangi loyihalar hisobidan bunday quvvatlar 240 ming tonnaga yetishi kutilmoqda.
Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2026
O‘sish kuzatilmoqda: OKMK 2025-yil yakunlarini sarhisob qildi
Yangiliklar lentasi
0