https://oz.sputniknews.uz/20260316/ges-reja-uzbekgidroenergo-56312318.html
O‘zbekgidroenergo: 100 tadan ortiq GES ishlamoqda, 3000 ta mikroGES qurilishi rejalashtirilgan
O‘zbekgidroenergo: 100 tadan ortiq GES ishlamoqda, 3000 ta mikroGES qurilishi rejalashtirilgan
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 100 tadan ortiq gidroelektr stansiyasi faoliyat yuritmoqda. “O‘zbekgidroenergo” matbuot anjumanida 13 ta GES modernizatsiya qilinib, 64ta yangi stansiya ishga tushirilgani va loyihalarga 1,3 mlrd dollar jalb etilgani ma’lum qilindi.
2026-03-16T17:11+0500
2026-03-16T17:11+0500
2026-03-16T17:11+0500
energetika
ges
o‘zbekiston
jamiyat
“o‘zbekgidroenergo” aj
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/10/56307066_0:0:800:450_1920x0_80_0_0_84128208ec6b424a0071ce54da218453.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 100 tadan ortiq gidroelektr stansiyasi (GES) faoliyat yuritmoqda, o‘tgan davrda esa 13 ta mavjud GES modernizatsiya qilinib, 64 ta yangi stansiya ishga tushirildi.Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ faoliyatining asosiy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etilgan.2026 yilda “O‘zbekgidroenergo” elektr energiyasi ishlab chiqarishni 15 foizdan ortiqqa oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 264 million dollar investitsiya o‘zlashtirish, 935 milliard so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish, shuningdek, umumiy quvvati 152 MVt bo‘lgan 15 ta yangi obyektni ishga tushirishni mo‘ljallagan.Ta’kidlanishicha, kompaniya ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va raqamlashtirishni ham kuchaytirmoqda. Jumladan, Bo‘stonliq tumanida quvvati 1 kVtdan 40 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan “UzHydroPower” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.Shuningdek, yagona situatsion markaz tashkil etildi va 4,7 mingdan ortiq avtomatlashtirilgan o‘lchov qurilmalari orqali suv resurslarini onlayn monitoring qilish yo‘lga qo‘yildi. “Loyihalar fabrikasi” doirasida esa umumiy quvvati 3,2 GVt bo‘lgan 50 taga yaqin loyiha ishlab chiqilmoqda.2025 yilda kompaniyaning xalqaro kredit reytingi “BB-”dan “BB”ga ko‘tarildi. Shuningdek, “O‘zbekgidroenergo” ISO 37001 va ISO 31000 sertifikatlarini oldi, ESG reytingida esa 79 ball to‘pladi.Kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farrux Nurullayevning ta’kidlashicha, “O‘zbekgidroenergo” aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash va uni taqsimlash bilan shug‘ullanmaydi. Shu bilan birga, 2025-yilda Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 16 ta mikro GES ishga tushirildi. Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati qariyb 30 MVt bo‘lgan 20 dan ortiq mikro GES qurildi, yana 20 tadan ortiq loyiha barpo etilmoqda.Rejaga ko‘ra, respublikada tadbirkorlar va mahalliy aholi ishtirokida 3 mingtaga yaqin mikro GES quriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251205/energetika-obekt-loyiha-start-53969679.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/10/56307066_100:0:700:450_1920x0_80_0_0_35995e954946453e4027253cde7bdf22.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, o‘zbekgidroenergo, ges, gidroelektr stansiya, yangi ges, modernizatsiya, investitsiya, elektr energiyasi, 1,3 milliard dollar, matbuot anjumani, gidroenergetika, mikro ges
o‘zbekiston, o‘zbekgidroenergo, ges, gidroelektr stansiya, yangi ges, modernizatsiya, investitsiya, elektr energiyasi, 1,3 milliard dollar, matbuot anjumani, gidroenergetika, mikro ges
O‘zbekgidroenergo: 100 tadan ortiq GES ishlamoqda, 3000 ta mikroGES qurilishi rejalashtirilgan
“O‘zbekgidroenergo” matbuot anjumanida 64 ta yangi GES ishga tushirilgani, 13 ta stansiya modernizatsiya qilingani va loyihalarga 1,3 mlrd dollar yo‘naltirilgani aytildi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 100 tadan ortiq gidroelektr stansiyasi (GES) faoliyat yuritmoqda, o‘tgan davrda esa 13 ta mavjud GES modernizatsiya qilinib, 64 ta yangi stansiya ishga tushirildi.
Bu haqda “O‘zbekgidroenergo” AJ faoliyatining asosiy natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1,3 milliard dollar investitsiya jalb etilgan.
2026 yilda “O‘zbekgidroenergo” elektr energiyasi ishlab chiqarishni 15 foizdan ortiqqa oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 264 million dollar investitsiya o‘zlashtirish, 935 milliard so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarish, shuningdek, umumiy quvvati 152 MVt bo‘lgan 15 ta yangi obyektni ishga tushirishni mo‘ljallagan.
2025 yil yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekgidroenergo” korxonalari 6,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Davlat investitsiya dasturi doirasida 237 million dollar o‘zlashtirildi, sanoat mahsulotlari hajmi esa 700 milliard so‘mdan oshdi.
Ta’kidlanishicha, kompaniya ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va raqamlashtirishni ham kuchaytirmoqda. Jumladan, Bo‘stonliq tumanida quvvati 1 kVtdan 40 MVtgacha bo‘lgan gidroagregatlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan “UzHydroPower” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.
Shuningdek, yagona situatsion markaz tashkil etildi va 4,7 mingdan ortiq avtomatlashtirilgan o‘lchov qurilmalari orqali suv resurslarini onlayn monitoring qilish yo‘lga qo‘yildi. “Loyihalar fabrikasi” doirasida esa umumiy quvvati 3,2 GVt bo‘lgan 50 taga yaqin loyiha ishlab chiqilmoqda.
2025 yilda kompaniyaning xalqaro kredit reytingi “BB-”dan “BB”ga ko‘tarildi. Shuningdek, “O‘zbekgidroenergo” ISO 37001 va ISO 31000 sertifikatlarini oldi, ESG reytingida esa 79 ball to‘pladi.
Kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farrux Nurullayevning ta’kidlashicha, “O‘zbekgidroenergo” aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash va uni taqsimlash bilan shug‘ullanmaydi.
Jamiyat elektr energiyasini ishlab chiqaradi va yagona energiya tizimiga uzatadi, uni iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash esa hududiy elektr tarmoqlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, 2025-yilda Surxondaryo, Qoraqalpog‘iston, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 16 ta mikro GES ishga tushirildi. Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati qariyb 30 MVt bo‘lgan 20 dan ortiq mikro GES qurildi, yana 20 tadan ortiq loyiha barpo etilmoqda.
Rejaga ko‘ra, respublikada tadbirkorlar va mahalliy aholi ishtirokida 3 mingtaga yaqin mikro GES quriladi.