https://oz.sputniknews.uz/20260316/gaz-baza-meyor-tugash-56306790.html
Gaz uchun 500 kub metrlik bazaviy meyor tugadi: 16-martdan to‘lovlar qanday hisoblanadi
Gaz uchun 500 kub metrlik bazaviy meyor tugadi: 16-martdan to‘lovlar qanday hisoblanadi
Sputnik O‘zbekiston
Energetika vazirligiga ko‘ra, 16-martdan gaz bo‘yicha odatiy 100 kub metrlik bazaviy meyor qo‘llanadi. Mart oyining ikkinchi yarmidagi 50 kub metr gaz uchun ham 1000 so‘mlik tarif saqlanib, xonadonlar 40 ming so‘mgacha tejashi mumkin
2026-03-16T14:02+0500
2026-03-16T14:02+0500
2026-03-16T14:02+0500
o‘zbekiston
jamiyat
energetika vazirligi
energetika
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45572150_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_4b4914844f88b6497d21e0027e6215e5.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Ob-havo isishi munosabati bilan tabiiy gaz uchun isitish mavsumida amal qilgan oylik 500 kub metrlik bazaviy meyor 15-martda tugadi. Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 16-martdan boshlab esa odatiy tartib qaytdi: aholi uchun har oyga 100 kub metrlik bazaviy meyor qo‘llanadi.Ta’kidlanishicha, O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 16–20 mart kunlari respublika hududlarida kunduzi havo harorati +22 darajagacha, kechasi esa +10 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.Mart oyi uchun muhim izoh:Demak, mart oyining ikkinchi yarmidagi shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi bazaviy tarifda to‘laydi — 1 kub metr uchun 1000 so‘m. Agar shu hajm bazaviy meyordan tashqari hisoblanganida, tarif 1800 so‘m bo‘lar edi. Shu tariqa, har bir xonadon 40 ming so‘mgacha tejab qolishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260303/isitish-mavsum-gaz-meyor-uzaytirilish-56069664.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/0a/45572150_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_f8806480a11ea40a360525a8ddb7f7b0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tabiiy gaz, gaz meyori, bazaviy meyor, 100 kub metr, 500 kub metr, energetika vazirligi, mart oyi, tarif, 1000 so‘m, 1800 so‘m, o‘zgidromet, aholi
tabiiy gaz, gaz meyori, bazaviy meyor, 100 kub metr, 500 kub metr, energetika vazirligi, mart oyi, tarif, 1000 so‘m, 1800 so‘m, o‘zgidromet, aholi
Gaz uchun 500 kub metrlik bazaviy meyor tugadi: 16-martdan to‘lovlar qanday hisoblanadi
Energetika vazirligi gaz iste’moli bo‘yicha qishki limit muddati tugaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Ob-havo isishi munosabati bilan tabiiy gaz uchun isitish mavsumida amal qilgan oylik 500 kub metrlik bazaviy meyor 15-martda tugadi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, 16-martdan boshlab esa odatiy tartib qaytdi: aholi uchun har oyga 100 kub metrlik bazaviy meyor
qo‘llanadi.
Ta’kidlanishicha, O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 16–20 mart kunlari respublika hududlarida kunduzi havo harorati +22 darajagacha, kechasi esa +10 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan 16-martdan 1-noyabrgacha, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonda esa 1-oktabrgacha har oy uchun 100 kub metrgacha bazaviy meyor amal qiladi.
Mart oyi uchun muhim izoh:
1–15 mart kunlari uchun 500 kub metrlik qishki bazaviy meyorning yarmi — 250 kub metr;
16–31 mart kunlari uchun 100 kub metrlik odatiy bazaviy meyorning yarmi — 50 kub metr.
Demak, mart oyining ikkinchi yarmidagi shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi bazaviy tarifda to‘laydi — 1 kub metr uchun 1000 so‘m. Agar shu hajm bazaviy meyordan tashqari hisoblanganida, tarif 1800 so‘m bo‘lar edi. Shu tariqa, har bir xonadon 40 ming so‘mgacha tejab qolishi mumkin.