Toshkentda Galina Stepanning “Tog‘lardagi sukunat” ko‘rgazmasi ochildi — sara suratlar

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Toshkentda rassom Galina Stepanning “Tog‘lardagi sukunat” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Unda muallifning so‘nggi yillarda yaratgan 30 ga yaqin asari qo‘yilgan.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. 13 mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvonsaroyining kichik ko‘rgazma zalida rassom, grafik va rangtasvir ustasi Galina Stepanning “Tog‘lardagi sukunat” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazmada rassomning so‘nggi yillarda yaratgan 30 ga yaqin rangtasvir asarlari namoyish etildi. Asarlarda tabiat manzaralari, inson ruhiyati va Sharq muhitining o‘ziga xos jozibasi aks etgan.

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Galina Stepan 1946-yilda Mordoviya Respublikasining Saransk shahrida tug‘ilgan. Uning ijodi qariyb 70-yillik davrni qamrab oladi. Rassom portret, manzara va nyu janrlarida ko‘plab asarlar yaratgan bo‘lib, so‘nggi yillarda ayniqsa naturmort janriga ko‘proq murojaat qilib kelmoqda.

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov
So‘nggi o‘n yillikda esa rassom peyzaj va portret janrlarini yanada faol rivojlantirdi. Bu qiziqish, ayniqsa, uning 1976–2000 yillar davomida Markaziy Osiyoga qilgan ko‘plab sayohatlari bilan bog‘liq. Ushbu sayohatlar davomida u mintaqaviy rassomlik maktabi, shuningdek, Sharq mavzulariga murojaat qilgan mashhur rassomlar ijodidan ilhom oldi.

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov
“Tog‘ manzaralari men uchun nafaqat tabiat go‘zalligi, balki inson ruhiyatining sokinligi va cheksizligi ramzidir”- deydi rassom.

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Janubiy tabiat manzaralari, qadimiy shaharlar va mahalliy aholining hayot tarzi rassom uchun yangi ilhom manbaiga aylandi. Ayniqsa, tog‘ manzaralari Galina Stepan ijodida alohida o‘rin tutadi. Bu manzaralar rassomga nafaqat ranglar orqali yangi kashfiyotlar qilish, balki ichki xotirjamlik topish imkonini ham beradi.

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma joriy yilning 23-mart kuniga qadar davom etadi.

Personalnaya vistavka Galini Stepan v Tashkente
© Sputnik / Baxrom Xatamov