https://oz.sputniknews.uz/20260315/forum-azerbaijan-central-asia-tranzit-56293972.html
Global Boku forumida Komilov Ozarbayjon, MO va tranzit yo‘laklar haqida fikr bildirdi
Global Boku forumida Komilov Ozarbayjon, MO va tranzit yo‘laklar haqida fikr bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi XIII Global Boku forumida ishtirok etdi. Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar, O‘zbekiston–Ozarbayjon aloqalari va transport yo‘laklari ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
2026-03-15T12:05+0500
2026-03-15T12:05+0500
2026-03-15T12:06+0500
markaziy osiyo
siyosat
iqtisod
boku
kavkaz
yevropa
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/0f/56293631_39:0:913:492_1920x0_80_0_0_841034acb5f276f515d3c8b1792d0982.png
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘tish davrini boshdan kechirayotgan dunyoda kelishmovchiliklarni yengib o‘tish” shiori ostida o‘tkazilgan XIII Global Boku forumida ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.12–14 mart kunlari bo‘lib o‘tgan forumda dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan 400 ga yaqin nufuzli ishtirokchi qatnashdi.Delegatsiyaga O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Komilov boshchilik qildi.Muzokaralarda xalqaro xavfsizlik arxitekturasining transformatsiyasi, ko‘p tomonlama diplomatiya inqirozi va global noaniqlik sharoitida barqaror rivojlanish yo‘llari muhokama qilindi. Abdulaziz Komilov o‘z nutqida O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan darajada rivojlanayotganini ta’kidladi.Komilovning fikricha, bu yo‘nalishlarni o‘zaro bog‘lash Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Yevropagacha bo‘lgan hududni qamrab oluvchi diversifikatsiyalangan transport tarmog‘ini shakllantirish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251127/transkaspiy-yolak-investorlar-forum-53775589.html
boku
kavkaz
yevropa
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/0f/56293631_119:0:831:534_1920x0_80_0_0_4991527fbcc855f38fec92994be9e2e3.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
global boku forumi, o‘zbekiston delegatsiyasi, abdulaziz komilov, xiii global boku forumi, o‘zbekiston ozarbayjon munosabatlari, markaziy osiyo, o‘rta koridor, transport yo‘laklari, transafg‘on yo‘nalishi, zangezur koridori
global boku forumi, o‘zbekiston delegatsiyasi, abdulaziz komilov, xiii global boku forumi, o‘zbekiston ozarbayjon munosabatlari, markaziy osiyo, o‘rta koridor, transport yo‘laklari, transafg‘on yo‘nalishi, zangezur koridori
Global Boku forumida Komilov Ozarbayjon, MO va tranzit yo‘laklar haqida fikr bildirdi
12:05 15.03.2026 (yangilandi: 12:06 15.03.2026) O‘zbekiston delegatsiyasi XIII Global Boku forumida ishtirok etdi. Tadbirda Markaziy Osiyodagi o‘zgarishlar, transport yo‘laklari va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi “O‘tish davrini boshdan kechirayotgan dunyoda kelishmovchiliklarni yengib o‘tish” shiori ostida o‘tkazilgan XIII Global Boku forumida ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar qildi.
12–14 mart kunlari bo‘lib o‘tgan forumda dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan 400 ga yaqin nufuzli ishtirokchi qatnashdi.
Delegatsiyaga O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdulaziz Komilov boshchilik qildi.
Muzokaralarda xalqaro xavfsizlik arxitekturasining transformatsiyasi, ko‘p tomonlama diplomatiya inqirozi va global noaniqlik sharoitida barqaror rivojlanish yo‘llari muhokama qilindi.
Abdulaziz Komilov o‘z nutqida O‘zbekiston va Ozarbayjon munosabatlari so‘nggi yillarda misli ko‘rilmagan darajada rivojlanayotganini ta’kidladi.
U, shuningdek, O‘rta koridorni Xitoy va Markaziy Osiyoni Kavkaz hamda Yevropa bilan bog‘lovchi eng qisqa yo‘nalish sifatida ta’rifladi. Qayd etilishicha, ushbu yo‘lakni Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li, Transafg‘on yo‘nalishi va Zangezur koridori bilan uyg‘unlashtirish katta imkoniyatlar ochadi.
Komilovning fikricha, bu yo‘nalishlarni o‘zaro bog‘lash Sharqiy Osiyodan Yaqin Sharq va Yevropagacha bo‘lgan hududni qamrab oluvchi diversifikatsiyalangan transport tarmog‘ini shakllantirish imkonini beradi.