O‘zbekiston va Tojikiston universitetlari orasida hamkorlik kuchaytiriladi

© Min Obrazovaniya UzbekistanaForum rektorov Tadjikistana i Uzbekistana v Dushanbe
Forum rektorov Tadjikistana i Uzbekistana v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2026
Obuna bo‘lish
Imzolangan hujjatlar ikki davlat yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari orasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston universitetlari orasida 60ga yaqin hamkorlik hujjatlari imzolandi. Bu haqida Oliy ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.
Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumida ikki mamlakat universitetlari o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni nazarda tutuvchi qator hujjatlar imzolandi.
Xususan, oliygohlar o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish, xalqaro konferensiyalar va ilmiy anjumanlarni birgalikda tashkil etish kabi masalalarni qamrab oladi.
Forum davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish hamda akademik mobillikni kengaytirishga qaratilgan 60 dan ortiq shartnoma, kelishuv va memorandumlar qabul qilindi.
© Min Obrazovaniya UzbekistanaForum rektorov Tadjikistana i Uzbekistana v Dushanbe
Forum rektorov Tadjikistana i Uzbekistana v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2026
Forum rektorov Tadjikistana i Uzbekistana v Dushanbe
Yangiliklar lentasi
0