Bugun O‘zbekistonda umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda

© Xokimiyat goroda TashkentaSegodnya, vo vsex regionax nashey strani proxodit vsenarodniy blagotvoritelniy xashar v selyax podgotovki k prazdnovaniyu Navruza, a takje blagoustroystva.
Segodnya, vo vsex regionax nashey strani proxodit vsenarodniy blagotvoritelniy xashar v selyax podgotovki k prazdnovaniyu Navruza, a takje blagoustroystva.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2026
Obuna bo‘lish
Xayriya hashari davomida mahallalar ichki ko‘chalari va qabristonlar atrofiga 4,5 milliondan ziyod daraxt ekish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami va Ro‘za hayiti arafasida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda.

Oldinroq 13-14 mart kunlari umumxalq hashari o‘tkazish haqida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilingan edi.

Hasharda har bir tashkilot, korxona, vazirlik va davlat muassasalari, mahallalar, maktablar, yoshlar uyushmalari qatnashmoqda.

Kun davomida shahar ko‘chalari, korxona tashkilotlar atroflari, mahalla ko‘chalari, qabristonlar va boshqa joylar tozalanib chiroyli holatga keltirildi.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uy-joylari ta’mirlanib, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordamlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.
Undan tashqari xayriya hashari davomida mahallalarning ichki ko‘chalari va qabristonlar atrofiga 4,5 milliondan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0