O‘zbekistonda eng ko‘p korxona tashkil etgan top-5 davlat

Obuna bo‘lish
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning katta ulushi Xitoy va Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston Milliy statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-mart holatiga xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 3 267 taga (21,1 %) o‘sgan. Jami 18 770 ta korxonadan 4 365 tasi qo‘shma korxonalar va 14 405 tasi xorijiy korxonalar sanaladi.
Faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tahlil qilinganda, yetakchi o‘rinni 5 257 ta korxona bilan (28 foiz) Xitoy egallaydi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritib, hissasini qo‘shayotgan mamlakatlar orasida Rossiya (17,1 foiz), Turkiya (11,6 foiz), Qozog‘iston (6,6 foiz) va Janubiy Koreya (3,8 foiz) ham alohida o‘rin egallaydi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0