Bugun metan "zapravka"lar faqat belgilangan toifadagi transportlar uchun faoliyat yuritadi

© “O‘zenergoinspeksiya”"Zapravku", iskusstvenno zavishavshuyu senu na gaz v Andijane, vremenno priostanovili
Zapravku, iskusstvenno zavishavshuyu senu na gaz v Andijane, vremenno priostanovili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2026
Obuna bo‘lish
Gaz ta’minotida ustuvorlik aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga qaratilgani bois, bugun metan zapravkalar cheklangan tartibda ishlamoqda.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Bugun metan "zapravka"lar faqat ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transport va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, ayni paytda magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va meyoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda.

Gaz bosimi pasaygani sababli birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Shu bilan birga, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin va suyultirilgan gaz — propan hajmi oshirilgani, ular bozorga yetarli miqdorda yetkazib berilayotgani aytildi.
Vazirlik xususiy avtozapravka shoxobchalari egalarini narxlarni sun’iy oshirmaslikka, benzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishga chaqirdi. Qo‘shimcha qilinishicha, vakolatli tashkilotlar tomonidan nazorat kuchaytirilgan va asossiz qimmatlashuvga yo‘l qo‘yilmaydi.
Avtozapravochnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Sovuq ob-havo tufayli metan “zapravka”lar faoliyati vaqtincha cheklanmoqda
Yangiliklar lentasi
0