https://oz.sputniknews.uz/20260312/aroq-sabab-front-ukraine-harbiy-56234325.html
"Yuz gramm ichdim va shu yerga kelib qoldim": aroq sababli frontga kelgan ukrainalik harbiy
"Yuz gramm ichdim va shu yerga kelib qoldim": aroq sababli frontga kelgan ukrainalik harbiy
Sputnik O‘zbekiston
Asirga olingan ukrainalik harbiy Dmitriy Obolonik aroq ichganidan keyin TSK tomonidan olib ketilgani, kasalliklariga qaramay sog‘lom deb topilgani va frontga yuborilganini aytdi.
2026-03-12T12:27+0500
2026-03-12T12:27+0500
2026-03-12T12:34+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya mudofaa vazirligi
dunyoda
dunyo yangiliklari
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/08/46032937_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_861c54fdee19c9c4c76d7df7b904629b.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiya harbiylari qo‘liga asir tushgan ukrainalik harbiy Dmitriy Obolonik aroq sabab qanday qilib urushga borib qolganini hikoya qildi.U gepatit C va surunkali gastritdan aziyat chekishini, shuningdek, sog‘lig‘i bilan bog‘liq boshqa muammolari ham borligini aytdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy komissiya bu holatlarni inobatga olmagan va uni to‘liq sog‘lom deb topgan.Shuningdek, Obolonik uni asirga olgan rossiyalik harbiylarning unga munosabati Ukraina Qurolli kuchlarida ko‘rgan munosabatdan ko‘ra insoniyroq bo‘lganini ta’kidladi.Yana bir holatda esa Zaporojye viloyatida pozitsiyada turgan ukrainalik askar qo‘mondondan xizmatdoshini zudlik bilan almashtirishni so‘ragan. Audioyozuvga ko‘ra, u sherigi spirtli ichimlik yoki giyohvand modda ta’sirida bo‘lganini aytgan. Qo‘mondon esa uning shaxsiy buyumlarini tekshirishni buyurgan.Askar o‘z xavotirini yashirmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260204/ukraine-askar-jangsiz-asir-55464784.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/08/46032937_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_8575de608a5d9a9049cf905249f64735.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukrainalik harbiy, dmitriy obolonik, asir, tsk, harbiy komissariat, front, safarbarlik, tibbiy komissiya, gepatit c, gastrit, zaporojye, audioyozuv, ichkilikboz, giyohvand
ukrainalik harbiy, dmitriy obolonik, asir, tsk, harbiy komissariat, front, safarbarlik, tibbiy komissiya, gepatit c, gastrit, zaporojye, audioyozuv, ichkilikboz, giyohvand
"Yuz gramm ichdim va shu yerga kelib qoldim": aroq sababli frontga kelgan ukrainalik harbiy
12:27 12.03.2026 (yangilandi: 12:34 12.03.2026) Videoda ukrainalik harbiy aroq ichganidan keyin harbiy komissariatga olib ketilganini aytgan. Boshqa bir holatda ukranalik askar pozitsiyadagi ehtimol mast yoki giyohvand sherigidan shikoyat qilgan.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Rossiya harbiylari qo‘liga asir tushgan ukrainalik harbiy Dmitriy Obolonik aroq sabab qanday qilib urushga borib qolganini
hikoya qildi.
“Do‘konga chiqdim, qarasam u yerda aroq quyishapti, 100 gramm ichish uchun bordim — 100 gramm ichdim. TSK (harbiy komissariat) mashinasida kimlardir keldi, meni mashinaga yukladi, bir shisha aroq sotib olib berishdi. Shirokovo harbiy komissarligiga olib ketishdi. Yo‘lda ketayotganimizda men aroqni shishaning o‘zidan bo‘shatdim”, — dedi Obolonik Rossiya Mudofaa vazirligi e’lon qilgan videoda.
U gepatit C va surunkali gastritdan aziyat chekishini, shuningdek, sog‘lig‘i bilan bog‘liq boshqa muammolari ham borligini aytdi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy komissiya bu holatlarni inobatga olmagan va uni to‘liq sog‘lom deb topgan.
“O‘qishdan o‘tdim, super jangchi bo‘lmadim, chunki u yerda tayyorgarlik umuman nolga teng edi. Meni nega bu armiyaga olishganini tushunmayman. Hammasi siniq. Umurtqa, qovurg‘alar. To‘rtta miya chayqalishi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, Obolonik uni asirga olgan rossiyalik harbiylarning unga munosabati Ukraina Qurolli kuchlarida ko‘rgan munosabatdan ko‘ra insoniyroq bo‘lganini ta’kidladi.
Yana bir holatda esa Zaporojye viloyatida pozitsiyada turgan ukrainalik askar qo‘mondondan xizmatdoshini zudlik bilan almashtirishni so‘ragan. Audioyozuvga ko‘ra, u sherigi spirtli ichimlik yoki giyohvand modda ta’sirida bo‘lganini aytgan. Qo‘mondon esa uning shaxsiy buyumlarini tekshirishni buyurgan.
Askar o‘z xavotirini yashirmagan.
“Ertalabgacha almashtiring... Men o‘z hayotimni qandaydir ichkilikboz yoki giyohvand tomonidan xavf ostiga qo‘ymoqchi emasman”, — degan u.