AQSh–Eron mojarosi sabab O‘zbekistondan Saudiya va BAAga to‘xtatilgan reyslar qayta tiklandi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishPassajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy
Passajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 10-martdan Saudiya Arabistoni va BAAga muntazam reyslarni qayta tiklashga ruxsat berdi, yo‘lovchilar uchun cheklovlar bekor qilindi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga 10-martdan Saudiya Arabistoni va BAAga muntazam reyslarni tiklashga ruxsat berdi. Bu haqda vazirlikning aviatashuvchilarga yuborgan xati nusxasiga tayangan holda RIA Novosti xabar qildi.
28 fevraldan boshlab Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani ortidan O‘zbekiston hukumati ushbu mintaqa mamlakatlariga muntazam reyslarni vaqtincha to‘xtatgan edi. Shundan so‘ng Transport vazirligi mahalliy va xorijiy aviakompaniyalar bilan hamkorlikda havo hududi yopilgan mamlakatlardan vatandoshlarni olib chiqish reyslarini tashkil qildi.
“Transport vazirligi 2026-yil 10-martdan boshlab O‘zbekiston hududidan Saudiya Arabistoni Podshohligi va BAAga ikki tomonlama yo‘lovchi tashishni — olib chiqish va olib kirishni — tashkil etishga ruxsat berilishini ma’lum qiladi. Shu bilan birga, yo‘lovchi toifasi va fuqaroligi bo‘yicha cheklovlar bekor qilinadi”, — deyiladi xat matnida.
Aviakompaniyalar ham Saudiya Arabistoni va BAAga muntazam reyslar qayta tiklanganini ma’lum qilmoqda.

“14 martdan boshlab "Centrum Air" aviakompaniyasi Toshkent — Dubay — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yadi”, — deyiladi aviatashuvchining Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarda.

Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar avvalgi tartibda muntazam amalga oshiriladi.
O‘zbekistondagi eng yirik aviakompaniya — "Uzbekistan Airways" ham RIA Novostiga ertadan boshlab BAA va Saudiya Arabistoniga parvozlar uchun aviachiptalar cheklovlarsiz sotilishi tiklanayotganini tasdiqladi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Fasad zdaniya s nad pisem MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2026
Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab O‘zbekistonga 22 mingga yaqin fuqaro qaytarildi
Yangiliklar lentasi
0