"Tashabbusli budjet”da ovoz berish boshlandi: mablag‘lar, loyihalar va hududlar
10:47 11.03.2026 (yangilandi: 11:21 11.03.2026)

© Sputnik / Sgenerirovano II
Obuna bo‘lish
“Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Unda jami 8101 ta mahalla qatnashmoqda, 17393 ta loyiha esa saralashdan o‘tgan.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. "Tashabbusli budjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi, unda jami 8101 ta mahalla qatnashmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu mavsumda jami 21049 ta tashabbus kelib tushgan. Shundan 17393 ta loyiha saralash bosqichidan o‘tgan.
2026 yilgi 1-mavsumda tashabbuslar uchun 2,188 trillion so‘m ajratildi. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 1,150 trillion so‘mga yoki qariyb 35 foizga kam bo‘lib, 2025-yilgi 2-mavsumda bu ko‘rsatkich 3,338 trillion so‘mni tashkil etgan edi.
Shuningdek, 596 ta sheriklik loyihasi kelib tushgan. Ulardan 16 ta mahalla loyihasi g‘olib deb topilgan va ularga 6,7 milliard so‘m ajratilgan.
Viloyatlar kesimida saralash bosqichidan o‘tgan tashabbuslar soni:
• Toshkent viloyati — 1652 ta
• Farg‘ona viloyati — 1611 ta
• Samarqand viloyati — 1589 ta
• Surxondaryo viloyati — 1363 ta
• Buxoro viloyati — 1352 ta
• Xorazm viloyati — 1313 ta
• Namangan viloyati — 1295 ta
• Qashqadaryo viloyati — 1262 ta
• Toshkent shahri — 1203 ta
• Andijon viloyati — 1182 ta
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1178 ta
• Jizzax viloyati — 881 ta
• Navoiy viloyati — 784 ta
• Sirdaryo viloyati — 728 ta
• Farg‘ona viloyati — 1611 ta
• Samarqand viloyati — 1589 ta
• Surxondaryo viloyati — 1363 ta
• Buxoro viloyati — 1352 ta
• Xorazm viloyati — 1313 ta
• Namangan viloyati — 1295 ta
• Qashqadaryo viloyati — 1262 ta
• Toshkent shahri — 1203 ta
• Andijon viloyati — 1182 ta
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1178 ta
• Jizzax viloyati — 881 ta
• Navoiy viloyati — 784 ta
• Sirdaryo viloyati — 728 ta
Sohalar kesimida kelib tushgan tashabbuslar:
• yo‘llarni ta’mirlash — 9878 ta
• maktablarni ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish — 2921 ta
• bolalar o‘yingohlari barpo etish va ta’mirlash — 1617 ta
• elektr energiyasi ta’minoti — 1282 ta
• mahalla guzarlarini ta’mirlash — 982 ta
• ichimlik suvi va oqava tizimi — 665 ta
• ko‘cha chiroqlari — 591 ta
• maktabgacha ta’lim muassasalari — 590 ta
• sog‘liqni saqlash muassasalari — 556 ta
• boshqa loyihalar — 1967 ta
• maktablarni ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish — 2921 ta
• bolalar o‘yingohlari barpo etish va ta’mirlash — 1617 ta
• elektr energiyasi ta’minoti — 1282 ta
• mahalla guzarlarini ta’mirlash — 982 ta
• ichimlik suvi va oqava tizimi — 665 ta
• ko‘cha chiroqlari — 591 ta
• maktabgacha ta’lim muassasalari — 590 ta
• sog‘liqni saqlash muassasalari — 556 ta
• boshqa loyihalar — 1967 ta
Ovoz berish jarayonlari 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun: sheriklik loyihalari — tashabbuskor aholi tomonidan loyiha qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravishda moliyalashtirilgan taqdirda, loyihani avtomatik ravishda g‘olib deb topish va qolgan 50 foizni respublika budjetidan qoplash mexanizmi hisoblanadi.
