https://oz.sputniknews.uz/20260311/eaeu-ish-haqi-osgan-davlatlar-56224158.html
YeOIIda 2025-yilgi o‘rtacha ish haqi va eng tez o‘sgan davlatlar e’lon qilindi
YeOIIda 2025-yilgi o‘rtacha ish haqi va eng tez o‘sgan davlatlar e’lon qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda real ish haqi Qirg‘izistonda 9,9 foizga, Belarusda 9 foizga o‘sdi. Qozog‘iston bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan.
2026-03-11T18:13+0500
2026-03-11T18:13+0500
2026-03-11T18:13+0500
o‘zbekiston va yeoii
maosh
rossiya
armaniston
yeoii
yeik
qirg‘iziston
qozog‘iston
belarus
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1f/46407187_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_e401e3cc69d5b4e0a0a1afebba95727c.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlar orasida 2025-yilda real ish haqi eng tez Qirg‘iziston va Belarusda o‘sdi — mos ravishda 9,9 foiz va 9 foiz. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Rossiyada o‘rtacha ish haqi o‘sishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi. Belarusda nominal ish haqi 16,3 foizga, real ish haqi esa 9 foizga oshgan. O‘rtacha maosh 877 dollarni tashkil etgan.Rossiyada 2025-yilda o‘rtacha ish haqi 1 203 dollar bo‘lib, nominal hisobda 13,5 foizga, real hisobda esa 4,4 foizga ko‘paygan.Armanistonda o‘rtacha oylik ish haqi 783 dollarga yetgan. Bu yerda nominal o‘sish 5,6 foiz, real o‘sish esa 2,2 foizni tashkil etgan.O‘sha davr yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston YeOIIda real ish haqi o‘smagan yagona davlat bo‘lgan — inflyatsiya tufayli aholining xarid qobiliyati 0,4 foizga pasaygan. O‘shanda o‘rtacha ish haqi 833 dollarni tashkil etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260227/eoii-mehnat-migrantlari-55998031.html
armaniston
qirg‘iziston
qozog‘iston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/1f/46407187_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_842b99acedaa3da0b84ca47797081ead.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, ish haqi, real ish haqi, nominal ish haqi, qirg‘iziston, belarus, rossiya, armaniston, qozog‘iston, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi
yeoii, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, ish haqi, real ish haqi, nominal ish haqi, qirg‘iziston, belarus, rossiya, armaniston, qozog‘iston, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi
YeOIIda 2025-yilgi o‘rtacha ish haqi va eng tez o‘sgan davlatlar e’lon qilindi
2025 yilda YeOII davlatlari orasida real ish haqi eng tez Qirg‘iziston va Belarusda o‘sdi. Qozog‘iston bo‘yicha esa hozircha to‘liq ma’lumotlar yo‘q.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlar orasida 2025-yilda real ish haqi eng tez Qirg‘iziston va Belarusda o‘sdi — mos ravishda 9,9 foiz va 9 foiz.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Rossiyada o‘rtacha ish haqi o‘sishiga oid ma’lumotlarni
e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda ish haqi eng tez Qirg‘izistonda o‘sgan. Nominal hisobda o‘sish 18,9 foizni, inflyatsiya hisobga olingan real ko‘rinishda esa 9,9 foizni tashkil etgan. Mamlakatda o‘rtacha oylik ish haqi 508 dollarga yetgan.
Belarusda nominal ish haqi 16,3 foizga, real ish haqi esa 9 foizga oshgan. O‘rtacha maosh 877 dollarni tashkil etgan.
Rossiyada 2025-yilda o‘rtacha ish haqi 1 203 dollar bo‘lib, nominal hisobda 13,5 foizga, real hisobda esa 4,4 foizga ko‘paygan.
Armanistonda o‘rtacha oylik ish haqi 783 dollarga yetgan. Bu yerda nominal o‘sish 5,6 foiz, real o‘sish esa 2,2 foizni tashkil etgan.
Qozog‘iston bo‘yicha 2025-yil yakunlari hali e’lon qilinmagan. Mamlakat Milliy statistika burosi faqat yanvar–sentabr oylari uchun ma’lumotlarni taqdim etgan.
O‘sha davr yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston YeOIIda real ish haqi o‘smagan yagona davlat bo‘lgan — inflyatsiya tufayli aholining xarid qobiliyati 0,4 foizga pasaygan. O‘shanda o‘rtacha ish haqi 833 dollarni tashkil etgan.