Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Xavfli mahsulotlarga qarshi yangi choralar: YeOIIda nimalar o‘zgaradi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishYeAES obsujdayet gospodderjku agrariyev
YeAES obsujdayet gospodderjku agrariyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Obuna bo‘lish
YeOIIda xavfli mahsulotlarning oldini olish uchun ishonchsiz sertifikatlarni 12 oygacha to‘xtatish, ma’lumot almashinuvini tezlashtirish va yagona texnik yondashuvlarni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari akkreditatsiya organlari rahbarlari umumiy bozorni xavfli mahsulotlardan himoya qilish bo‘yicha qo‘shma choralarni muhokama qildi.
Rosakkreditatsiya rahbari Dmitriy Volvachning aytishicha, ishonchsiz sertifikat va deklaratsiyalar real xavf tug‘dirmoqda. Shu bois Rossiyada bunday holatlarning oldini olish uchun qonunchilikka tayangan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda.
Xususan, agar sertifikatlashtirish organi bir yil ichida uch yoki undan ortiq qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ysa, uning sertifikat va deklaratsiyalari Rossiyada 12 oygacha bloklanishi mumkin.
Shuningdek, davlatlar o‘rtasida sinov protokollari bo‘yicha tezkor axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Transport vositalari xavfsizligini baholashda esa yagona yondashuvlarni shakllantirish ustida ish olib borilmoqda.
Kengashda qayd etilganidek, bu choralar iste’molchilar va halol biznesni himoya qilish, shuningdek, YeOII mamlakatlarida sifat standartlarini oshirishga qaratilgan.
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2026
YeOIIda elektron tijorat uchun yagona huquqiy muhit yaratilmoqda
Yangiliklar lentasi
0