Narx va hajm o‘sishi: O‘zbekiston xalqaro zaxiralarida qancha oltin bor

Obuna bo‘lish
Fevralda O‘zbekiston xalqaro zaxiralari 2,0 mlrd dollarga oshdi. Bu o‘sishning 1,4 milliard dollari oltin narxining oy davomida 5063 dollardan 5174 dollargacha qimmatlashi hisobiga to‘g‘ri keldi.
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 1-mart holatiga ko‘ra 77,09 milliard dollarga yetdi. Bu 1-fevralga nisbatan qariyb 2 milliard dollarga ko‘p, deb xabar qildi respublika Markaziy banki.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati 64,98 milliard dollardan 67,67 milliard dollarga oshgan. Oltinning jismoniy hajmi ham ko‘payib, 12,8 million troy unsiyadan 13,1 million troy unsiyaga yetgan.
Hozirda umumiy xalqaro zaxiralarning qariyb 87,8 foizini oltin tashkil etmoqda. Qolgan qismi esa xorijiy valyuta zaxiralari va boshqa rezerv aktivlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fevral oyida eng ko‘p oltin xarid qilgan davlatlar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.
Batafsil - Sputnik O‘zbekiston infografikasida
Yangiliklar lentasi
0