Ishlab chiqarish, imtiyozlar, yangi institut: O‘zbekiston farmatsevtikasida nimalar o‘zgaradi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike
Proizvodstvo lekarstv na farmatsevticheskoy fabrike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Obuna bo‘lish
Mahsulotni yaratishdagi ilmiy tadqiqot xarajatlarining 50 foizi, biroq 100 ming dollardan oshmagan qismi kompensatsiya qilinadi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Bu haqda tegishli prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yilda tarmoqni rivojlantirishning asosiy maqsadlari sifatida ishlab chiqarish hajmini 8,5 trillion so‘mga yetkazish, qiymati 1 milliard dollar bo‘lgan istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish va 800 million dollarlik yangi investitsiya loyihalarini boshlash belgilandi.
Shuningdek, original dori vositalarining patent muddati tugaganidan keyin 1-yil ichida ushbu dorilarni ishlab chiqaruvchilarga texnologiyalar transferi xarajatlarining 50 foizi, biroq 50 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi. Yoki mahsulotni yaratishdagi ilmiy tadqiqot xarajatlarining 50 foizi, biroq 100 ming dollardan oshmagan qismi kompensatsiya qilinadi.
2027 yil 1-yanvardan GMP milliy sertifikatiga ega korxonalarga sertifikat amal qilish muddati davomida ishlab chiqarish liniyalarida biologik faol qo‘shimchalar tayyorlashga ruxsat beriladi.
1 iyundan farmatsevtika va boshqa ishlab chiqaruvchi korxonalarga, soliq va yig‘imlar bo‘yicha BHMning 2 baravaridan oshmaydigan qarzdorlik bilan davlat xaridlarida qatnashishga ruxsat etiladi. Agar qarzdorlik ushbu miqdordan yuqori bo‘lsa, u shakllangan kundan boshlab 10 kun ichida ham davlat xaridlarida ishtirok etish mumkin bo‘ladi.
2028 yil 1-yanvardan esa biologik faol qo‘shimchalarga ruxsatnoma berishda HACCP tizimi joriy etilgani talab qilinadi, shuningdek, ular majburiy raqamli markirovkadan o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi.
Sostoyalos soveshanie posvashennoe razvitiyu farmatsevticheskoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2026
Prezident raisligida farmatsevtika bo‘yicha yig‘ilish — asosiy yangiliklar
Yangiliklar lentasi
0