Sanksiyalar yumshamoqda: ekspertlar AQSh-Eron mojarosidan Rossiya eng ko‘p foyda ko‘rishini aytdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPunkt podgotovki nefti kompanii "Lukoyl"
Punkt podgotovki nefti kompanii Lukoyl - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Obuna bo‘lish
Eron mojarosi ortidan neft narxi o‘sishi va energiya ta’minoti xavflari fonida Rossiya neft va gaziga qarshi cheklovlarni yumshatish haqidagi chaqiriqlar kuchaydi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi fonida Rossiya neft narxining oshishi va Rossiya neftiga doir sanksiyalar yumshatilishi ehtimoli ortidan eng ko‘p foyda ko‘ruvchi tomonga aylanishi mumkin. Bu haqda CNBC telekanaliga bir qator tahlilchilar ma’lum qildi.
“Rossiya AQSh va Isroilning Eron bilan urushidan asosiy foyda oluvchi sifatida tobora ko‘proq namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, yuqori neft narxlari va Qo‘shma Shtatlar tomonidan Hindistonga Rossiya xom neftini sotish bo‘yicha cheklovlar yumshatilishi fonida”, — dedi MST Marquee tahlil kompaniyasining energetika tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i Sol Kavonik.
Shunga o‘xshash fikrlarni boshqa tahlilchilar ham bildirishdi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ayrim davlatlarga nisbatan neft bo‘yicha sanksiyalar bekor qilinayotganini ma’lum qildi.
“Biz narxlarni pasaytirish uchun neft bo‘yicha bir qator sanksiyalarni bekor qilmoqdamiz. Ba’zi mamlakatlarga nisbatan cheklovlar bor va vaziyat yaxshilanmaguncha ularni tezroq olib tashlamoqchimiz. Keyin esa — kim biladi, balki ularni qayta kiritmasmiz. Chunki tinchlik tiklanadi”, — dedi Tramp.
"The Telegraph" nashrining yozishicha, avval Rossiya suyultirilgan gazidan to‘liq voz kechishni rejalashtirgan Yevropa Ittifoqi bu qarorini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

“Narxlar oshishi sharoitida Yevropa 2027-yilgacha Rossiyaning suyultirilgan gazidan bosqichma-bosqich voz kechish rejasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelishi mumkin”, - deyiladi nashr xabarida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalistning tegishli savoliga javoban Rossiya neft va gaz yetkazib berish masalasida Yevropa bilan hamkorlikka tayyor ekanini, ammo buning uchun Yevropa tomonidan ham tayyorlik signallari kerakligini aytdi.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Yevrokomissiya rahbariga YeIning Rossiya energetika sektoriga qarshi sanksiyalarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirib murojaat qilganini aytgan edi.

“Butun Yevropada Rossiya energetikasiga qarshi barcha sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish va to‘xtatish kerak. Men buni bugun Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayenga yo‘llagan maktubimda ilgari surdim”, — dedi Orban.

AQSh va Isroilning Eronga hujumi

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Dobicha nefti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2026
AQSh-Eron mojarosi neft narxini oshirdi — bir qator mamlakatlarda benzin qimmatlashmoqda
Yangiliklar lentasi
0