Rossiyaning MAX milliy messenjeri foydalanuvchilari soni 100 mln kishidan oshdi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichMax - novaya sifrovaya platforma
Max - novaya sifrovaya platforma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Obuna bo‘lish
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, messenjerda shu vaqtgacha 62 milliard xabar yuborilgan.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Rossiyaning MAX milliy platformasining auditoriyasi 100 million foydalanuvchiga yetdi, yuborilgan xabarlar soni esa 62 milliardtadan oshdi. Bu haqda RIA Novosti MAX matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, platformadan kunlik foydalanuvchilar soni 70 millionga yetgan. Shuningdek, foydalanuvchilar har kuni 1 milliardtadan ortiq xabar yubormoqda va 28 million qo‘ng‘iroqni amalga oshirmoqda.

Messenjer ishga tushirilganidan beri 62 milliardta xabar jo‘natilgan, 3 milliardtadan ortiq qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan. Shuningdek, 470 millionta videoxabar yozib olinib jo‘natilgan.

Bugungi kunga kelib platformada 25,5 millionta guruh chati tashkil etilgan. Ijodkorlar, blogerlar, foydalanuvchilar va kompaniyalar tomonidan 2,2 millionta ommaviy va shaxsiy kanal yaratilgan.
Eslatamiz, O‘zbekiston raqamlari bilan ham mazkur messenjerdan ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish mumkin.
Messendjer Telegram  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2025
Telegram O‘zbekistonda to‘lov, sarmoya va kripto operatsiyalari uchun “Hamon”ni ishga tushirdi
Yangiliklar lentasi
0