Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiyning “mafiyacha tahdidi” ortidan Yevropada siyosiy janjal kuchaymoqda

© AP / Pool / Leon NealVladimir Zelenskiy
Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2026
Obuna bo‘lish
Viktor Orban Zelenskiyning tahdidlariga javob qaytardi, Yevrokomissiya esa YeI davlatlariga nisbatan bunday bosimni qabul qilib bo‘lmas deb atadi. Ayrimlar buni “mafiyacha uslub” deya baholadi.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Vladimir Zelenskiydan unga tahdid qilishni to‘xtatishni hamda “Drujba” neft quvuri orqali vengerlarga bosim o‘tkazishdan voz kechishni talab qildi.
Zelenskiy bundan avval Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga ajratiladigan navbatdagi kreditini bloklagani ortidan Orbanga nisbatan keskin bayonot bergan edi.
“Siz menga, men orqali esa butun Vengriyaga harbiy tahdid qildingiz. Bu ish bermaydi. Buni to‘xtating. Bu — Vengriya. Vengerlarni shantaj qilish ham, menga tahdid qilish ham mumkin emas”, — dedi Orban videomurojaatida.
Yevropa komissiyasi ham Zelenskiyning bunday bayonotlarini qabul qilib bo‘lmas deb baholadi. Bu haqda Brusseldagi brifingda Yevrokomissiya vakili Olof Jill ma’lum qildi.
“Yevropa komissiyasi bunday turdagi bayonotlarni qabul qilib bo‘lmasligini juda aniq aytmoqda. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga nisbatan hech qanday tahdid bo‘lmasligi kerak”, — dedi u.
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso ham bu holatga munosabat bildirib, Zelenskiyni qattiq tanqid qildi.
“Rasmiy ravishda Yevropa Ittifoqining barcha yuqori martabali vakillarini ushbu jirkanch shantaj bayonotlaridan keyin Vladimir Zelenskiydan uzoqlashishga chaqiraman. U barcha ‘qizil chiziqlar’dan o‘tdi”, — dedi Fitso videomurojaatida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Zelenskiy o‘zini boshqalar unga so‘zsiz bo‘ysunishi kerakdek tutmoqda.
“Zelenskiy bizni o‘zining xizmatkorlari deb o‘ylayapti, go‘yoki biz u istagan hamma narsani bajarishimiz shart. Bu mutlaqo noto‘g‘ri. Biz unga har tomonlama yordam berapmiz, u esa aksincha, bizga zarar yetkazapti”, — dedi Fitso.
Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyarto esa bu holatni yanada qattiqroq baholab, “prezident darajasiga ko‘tarilgan mafiya” deb atadi.
“Ukraina Vengriya bosh vaziriga o‘lim bilan tahdid qildi. Bu Zelenskiyning madaniyatsizligidan dalolat beradi, biroq eng muhimi — bu ularning aslida kimligini ko‘rsatadi. Ular tahdid qiladi, shantaj qiladi. Biz buni unutmaymiz. Bugungi holat — prezident darajasiga ko‘tarilgan mafiyadir”, — dedi Siyarto.
Fransiyaning “Vatanparvarlar” o‘ng partiyasi yetakchisi Florian Filippo ham ushbu tahdidlardan keyin Kiyev rejimini “mafiya” deb atadi.
“Nega biz Zelenskiyga Yevropa davlati hukumati rahbariga o‘lim bilan jazosiz tahdid qilishga yo‘l qo‘yib berapmiz? Hali ham o‘sha mafiya tuzumiga pul va qurol yuborapmizmi? Bas!” — deb yozdi Filippo X ijtimoiy tarmog‘ida.
Avvalroq Zelenskiy Ukraina matbuoti oldidagi chiqishida Orbanga sha’ma qilib quyidagicha gapirgan edi:
“Umid qilamizki, Yevropa Ittifoqidagi bir kishi 90 milliard yevroni yoki uning birinchi transhini bloklamaydi. Ukrainalik jangchilarda qurol bo‘ladi. Aks holda, bu odamning manzilini qurolli kuchlarimizdagi yigitlarga beramiz, ular esa unga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z tilida gaplashadi”, — dedi u.
Premyer-ministr Vengrii V. Orbanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2026
“Mutlaqo yovvoyi”: Zelenskiyning Orbanni tanqid qilishi muhokamalarga sabab bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0