AQShning Eronga yer usti operatsiyasi "umidsiz urinish" bo‘ladi — OAV

© AFP 2023 / Hoang Dinh Nam Amerikanskie soldati v Afganistane
Amerikanskie soldati v Afganistane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2026
Obuna bo‘lish
Eron hududi tog‘lar bilan o‘ralgan tabiiy qala bo‘lib u har tomondan bostirib kirishni murakkablashtiradi.
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Eronda yer usti operatsiyasi o‘tkazish Qo‘shma Shtatlarga jiddiy zarba bo‘ladi, deb yozadi Amerikaning 19fortyfive portali.
"Bunday hujum AQSh dengiz floti va havo kuchlarini uzoq vaqt davomida jiddiy ravishda zaiflashtiradigan ulkan tashabbus bo‘ladi", deyiladi nashrda.
Muallif ta’kidlaganidek, Vashington endi Iroq yoki Afg‘onistondan Eronga tahdid qilish imkoniyatiga ega emas, chunki bu mamlakatlardagi AQSh harbiylari soni sezilarli darajada kamaygan. Turkiya esa Amerika qo‘shinlarini joylashtirish uchun o‘z hududini taqdim etishi ehtimoldan yiroq. Maqolada ta’kidlanishicha, agar shunday bo‘lgan taqdirda ham Eron-Turkiya chegarasi quruqlikdagi operatsiya uchun mos emas.
Nashrga ko‘ra, bu vaziyatda yagona variant - dengiz desanti operatsiyasi. Lekin bu urinish Eronning notekis relyefi va ehtimoliy qarshilik tufayli yanada katta xavflarga olib kelishi mumkin.
"Davlat kotibi Marko Rubio va Mudofaa vaziri Pit Xegset o‘rtasida quruqlikdagi qo‘shinlarni joylashtirish borasida mojaro haqidagi xabarlar ma’muriyat bu g‘oyani jiddiy qabul qilayotganidan dalolat beradi, garchi bu jiddiy rejalashtirishmi, blefmi yoki hozirda mavjud bo‘lmagan urushda g‘alaba nazariyasini ixtiro qilishga urinishmi, bilmaymiz", deb xulosa qiladi 19fortyfive.
Avvalroq Time jurnali AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy operatsiya maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lganda Eronga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishni istisno qilmaganini xabar qilgan edi. Biroq, Oq uy rahbari bu qaror uchun aniq muddatni ko‘rsatmadi.

Turli mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, obyektiv nuqtayi nazardan Eron hududi uch tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan, o‘ziga xos tabiiy qala bo‘lib, quruqlikdan bostirib kirish operatsiyasini murakkablashtiradi.
© Atlas Stran MiraEron xaritasi
Karta Irana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.03.2026
Eron xaritasi
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Homanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron Oliy Rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0