https://oz.sputniknews.uz/20260304/edb-central-asia-loyiha-prognoz-56101680.html
Iqtisodiyoti $600 mlrd, aholisi 96 mln: YeOTB Markaziy Osiyo loyiha va prognozlarini ochiqladi
Iqtisodiyoti $600 mlrd, aholisi 96 mln: YeOTB Markaziy Osiyo loyiha va prognozlarini ochiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo taraqqiyot banki prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti yaqin yillarda $600 mlrdga yetishi mumkin. Mintaqada islom banklari aktivlari esa 2033-yilga borib $6,3 mlrdgacha o‘sishi kutilmoqda.
2026-03-04T18:16+0500
2026-03-04T18:16+0500
2026-03-04T18:16+0500
o‘zbekiston va yeoii
o‘zbekiston
transport
bank
suv
hamkorlik
moliyalashtirish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0a/48813143_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_61661aa31277795d0259c53463d0b9f0.jpg
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 2006-yilda tashkil etilgan Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 20-yillik faoliyatini nishonlamoqda. Bank rahbari Nikolay Podguzov "TASS"ga bergan intervyusida Markaziy Osiyo uchun muhim yo‘nalishlar haqida so‘zladi.Uning aytishicha, 2025-yilda O‘zbekiston YeOTBga a’zo bo‘ldi. Bu mamlakatga yirik infratuzilma va investitsiya loyihalari uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslardan foydalanish imkonini beradi.Podguzov Markaziy Osiyodagi asosiy muammolardan biri suv tanqisligi ekanini ta’kidladi. Hozir mintaqada 10 millionga yaqin kishi toza ichimlik suvidan mahrum, eski infratuzilma esa suvning 55 foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois irrigatsiyani modernizatsiya qilish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalar bankning ustuvor moliyalashtirish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.Mintaqaning geografik joylashuvi savdoni ham qimmatlashtiradi: Markaziy Osiyo okean portlaridan 3 ming kilometrdan ortiq masofada joylashgani sababli transport xarajatlari 20–40 foizgacha yuqori.Bank Yevroosiyo va Yaqin Sharq o‘rtasida investitsiya aloqalarini ham kengaytirmoqda. 2025-yil dekabrida Abu-Dabidagi ADGM xalqaro moliya markazida YeOTB vakolatxonasi ochildi. Prognozlarga ko‘ra, 2033-yilga borib Markaziy Osiyodagi islom banklari aktivlari 6,3 milliard dollarga yetishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260209/edb-yashil-energetika-loyihalar-55572060.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0a/48813143_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_90875b7dcd6a7eea982a904658fd9929.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo iqtisodiyoti, yeotb, yevroosiyo taraqqiyot banki, islom banklari, markaziy osiyo iqtisodiy o‘sish, transafg‘on koridori, suv tanqisligi, markaziy osiyo aholisi, logistika koridorlari
markaziy osiyo iqtisodiyoti, yeotb, yevroosiyo taraqqiyot banki, islom banklari, markaziy osiyo iqtisodiy o‘sish, transafg‘on koridori, suv tanqisligi, markaziy osiyo aholisi, logistika koridorlari
Iqtisodiyoti $600 mlrd, aholisi 96 mln: YeOTB Markaziy Osiyo loyiha va prognozlarini ochiqladi
YeOTB prognozlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2026-yilda 600 milliard dollarga yetishi mumkin. Bank mintaqada asosan suv ta’minoti va transport infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqda
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 2006 yilda tashkil etilgan Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) 20-yillik faoliyatini nishonlamoqda. Bank rahbari Nikolay Podguzov "TASS"ga bergan intervyusida Markaziy Osiyo uchun muhim yo‘nalishlar
haqida so‘zladi.
Uning aytishicha, 2025-yilda O‘zbekiston YeOTBga a’zo bo‘ldi. Bu mamlakatga yirik infratuzilma va investitsiya loyihalari uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslardan foydalanish imkonini beradi.
YeOTB hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yil Markaziy Osiyoning besh davlati iqtisodiyoti umumiy hajmi 600 milliard dollarga yaqinlashadi. 2040-yilga borib esa mintaqa aholisi 96 million kishiga yetishi mumkin.
Podguzov Markaziy Osiyodagi asosiy muammolardan biri suv tanqisligi ekanini ta’kidladi. Hozir mintaqada 10 millionga yaqin kishi toza ichimlik suvidan mahrum, eski infratuzilma esa suvning 55 foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda. Shu bois irrigatsiyani modernizatsiya qilish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan loyihalar bankning ustuvor moliyalashtirish yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mintaqaning geografik joylashuvi savdoni ham qimmatlashtiradi: Markaziy Osiyo okean portlaridan 3 ming kilometrdan ortiq masofada joylashgani sababli transport xarajatlari 20–40 foizgacha yuqori.
Bank faoliyatining muhim yo‘nalishlar qatorida shimol–janub transport koridori va ehtimoliy Transafg‘on koridori tilga olindi. Bu yo‘nalishlar Markaziy Osiyo davlatlariga Janubiy Osiyo va Fors ko‘rfazi bozorlariga chiqish imkonini berishi mumkin.
Bank Yevroosiyo va Yaqin Sharq o‘rtasida investitsiya aloqalarini ham kengaytirmoqda. 2025-yil dekabrida Abu-Dabidagi ADGM xalqaro moliya markazida YeOTB vakolatxonasi ochildi. Prognozlarga ko‘ra, 2033-yilga borib Markaziy Osiyodagi islom banklari aktivlari 6,3 milliard dollarga yetishi mumkin.