https://oz.sputniknews.uz/20260303/zelenskyy-ukraine-saylovlar-bayonot-56077578.html
Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlari qachon o‘tkazilishi va nomzodligi haqida bayonot berdi
Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlari qachon o‘tkazilishi va nomzodligi haqida bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiy Ukrainada saylovlar vaqtinchalik sulh davrida emas, balki urush to‘liq tugaganidan keyin o‘tkazilishini bildirdi. U o‘z nomzodini qo‘yishiga ishonchi komil emasligini aytdi.
2026-03-03T18:43+0500
2026-03-03T18:43+0500
2026-03-03T18:43+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
vladimir zelenskiy
ukraina
saylovlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37672861_0:9:3072:1737_1920x0_80_0_0_48fb7a727cf4c3abda0ec1a481d889e2.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina mojaro to‘liq tugaganidan keyingina saylovlar o‘tkazishga tayyor bo‘lishini bildirdi.Italiyaning "Corriere della Sera" gazetasiga bergan intervyusida u saylovlar vaqtinchalik sulh sharoitida emas, balki urush yakunlanganidan so‘ng o‘tkazilishini ta’kidladi.Shu bilan birga, Zelenskiy keyingi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishiga ishonchi komil emasligini aytdi.Fevral oyida "Axios" portaliga bergan intervyusida u prezidentlik saylovlari mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuv yuzasidan referendum bilan bir vaqtda o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ovoz berish o‘t ochish to‘xtatilgan sharoitda tashkil etilsa, nomzod bo‘lishi ehtimoli bor.Ukrainada saylovlar o‘tkazish zarurligi haqida 2025-yil dekabrida AQSh prezidenti Donald Tramp bildirgan. U avvalroq Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atab, uning reytingi 4 foizga tushganini aytgan edi.2024 yil 20-may kuni Zelenskiyning vakolat muddati yakunlangan. U saylovlarni o‘tkazishga tayyorligini bildirgan, biroq AQSh va Yevropa ittifoqchilaridan ovoz berish xavfsizligini ta’minlashni talab qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260211/ukraine-tinchlik-referendumi-prezident-saylov-55628153.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/08/37672861_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_2fd6a2f0cda1bb1aa829ad53c357e588.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, vladimir zelenskiy, kiyev, prezidentlik saylovlari, urush, sulh, referendum, donald tramp, aqsh, yevropa ittifoqi, axios, corriere della sera
ukraina, vladimir zelenskiy, kiyev, prezidentlik saylovlari, urush, sulh, referendum, donald tramp, aqsh, yevropa ittifoqi, axios, corriere della sera
Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlari qachon o‘tkazilishi va nomzodligi haqida bayonot berdi
Zelenskiy saylovlar faqat urush tugaganidan keyin o‘tkazilishini bildirdi. U keyingi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ishonchi komil emasligini aytdi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina mojaro to‘liq tugaganidan keyingina saylovlar o‘tkazishga tayyor bo‘lishini
bildirdi.
Italiyaning "Corriere della Sera" gazetasiga bergan intervyusida u saylovlar vaqtinchalik sulh sharoitida emas, balki urush yakunlanganidan so‘ng o‘tkazilishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Zelenskiy keyingi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishiga ishonchi komil emasligini aytdi.
Fevral oyida "Axios" portaliga bergan intervyusida u prezidentlik saylovlari mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuv yuzasidan referendum bilan bir vaqtda o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ovoz berish o‘t ochish to‘xtatilgan sharoitda tashkil etilsa, nomzod bo‘lishi ehtimoli bor.
“Men o‘z nomzodimni qo‘yishimga umuman ishonchim komil emas”, — dedi Zelenskiy.
Ukrainada saylovlar o‘tkazish zarurligi haqida 2025-yil dekabrida AQSh prezidenti Donald Tramp bildirgan. U avvalroq Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atab, uning reytingi 4 foizga tushganini aytgan edi.
2024 yil 20-may kuni Zelenskiyning vakolat muddati yakunlangan. U saylovlarni o‘tkazishga tayyorligini bildirgan, biroq AQSh va Yevropa ittifoqchilaridan ovoz berish xavfsizligini ta’minlashni talab qilgan.