Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida "UzAirways" 240 nafar ziyoratchini vatanga qaytardi

© Sputnik / Kirill KallinikovBoeing Uzbekistan Airlines
Boeing  Uzbekistan Airlines  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2026
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan 240 nafardan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchi Jiddadan O‘zbekistonga qaytarildi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Saudiya Arabistonida ziyorat qilayotgan respublikaning 240 nafardan ortiq fuqarosidan iborat birinchi guruhni olib chiqdi. Bu haqda aviakompaniya vakili ma’lumotiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Amaliyot Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va bir qator davlatlar ustidagi havo hududi yopilishi fonida amalga oshirilmoqda.
Bir kun avval O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli respublikadan umra (kichik haj) ziyorati to‘xtatilgani haqida xabar bergan edi. O‘zbekistondan ziyorat reyslari to‘xtatildi. Keyinroq "Uzbekistan Airway" va "Centrum Air" mahalliy aviakompaniyalari dushanba kunidan boshlab qolib ketgan ziyoratchilarni olib chiqish reyslarini tashkillashtirayotganini ma’lum qildi.

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Jiddadan Toshkentga birinchi reysni amalga oshirdi, bortda 240 dan ortiq kishi bo‘lgan," - dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning aniqlik kiritishicha, seshanba kuni ertalab ziyoratchilarni Jiddadan olib ketish uchun yana bir reys tashkil etiladi.
Avvalroq O‘zbekiston Transport vazirligi RIA Novostiga Saudiya Arabistonida 1000 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi muqaddas ziyoratgohlarda bo‘lib turgani haqida xabar bergan edi.
Hukumat transport vazirligiga vatandoshlarni Saudiya Arabistoni, shuningdek, Yaqin Sharqning boshqa mamlakatlaridan ziyoratdan qaytarish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.
AQSh va Isroil Eron hududidagi obyektlarga, jumladan, Tehronga zarba berdi, vayronagarchiliklar va tinch aholi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda. Eron esa Isroil hududiga va AQShning mintaqadagi harbiy obyektlariga javob zarbalari bermoqda.
Hujumlar ortidan Eronda 40 kunlik motam e’lon qilindi. Rossiya tomoni AQSh va Isroil harakatlarini qoralab, keskinlikni zudlik bilan pasaytirish va jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Shavkat Mirziyoyev Ka’batullohni ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2026
Umra ziyoratchilari uchun reyslar vaqtincha to‘xtatildi — rasmiy bayonot
Yangiliklar lentasi
0