O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida top-5 davlat

Obuna bo‘lish
2026 yil yanvar oyida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Savdoda yetakchi davlatlar orasida Xitoy va Rossiya birinchi o‘rinda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 mlrd dollarga yoki 29,2 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 1,7 mlrd dollar (+26,7%), import esa 4,1 mlrd dollar (+30,3%)ni tashkil etdi.
Yilning ilk oyida O‘zbekiston jahonning 145 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
Tashqi savdoda eng katta ulush Xitoy (27,9%), Rossiya (18,7%), Qozog‘iston (7,1%), Turkiya (3,6%) va Afg‘oniston (2,4%) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Yangiliklar lentasi
0