O‘zbekistonda ko‘mir, neft va gaz ishlab chiqarilishi - infografika

Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida sanoat ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7,8 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar oyida O‘zbekistonda 85,1 trillion so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga oshgan.
Yanvar oyida 400 ming tonna ko‘mir, 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz, 83,4 ming tonna gaz kondensati va 54,1 ming tonna neft ishlab chiqarildi.
2025 yil yanvar oyi bilan taqqoslaganda, ko‘mir ishlab chiqarish hajmida o‘zgarish kuzatilmagan, tabiiy gaz, neft va gaz kondensati ishlab chiqarish esa kamaygan.
Yangiliklar lentasi
0