https://oz.sputniknews.uz/20260303/uzbekistan-indonesia-savdo-muzokaralar-56062730.html
Ikki yuz mln aholisi bor bozor: O‘zbekiston-Indoneziya erkin savdo muzokaralari boshlandi
Ikki yuz mln aholisi bor bozor: O‘zbekiston-Indoneziya erkin savdo muzokaralari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Indoneziya Erkin savdo bitimi bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida qo‘shma bayonot imzoladi. 2025-yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 82%ga oshdi, hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda.
2026-03-03T09:57+0500
2026-03-03T09:57+0500
2026-03-03T10:07+0500
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
hamkorlik
iqtisod
o‘zbekiston
indoneziya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1d/52327338_3:0:3644:2048_1920x0_80_0_0_4624179b7b48f3ff2195441e0aafb068.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Indoneziya savdo vaziri Budi Santoso o‘rtasida videokonferensiya tarzida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Ularning yakunida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida qo‘shma bayonot imzolandi.Shuningdek, savdo va investitsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi alohida bitim ham imzolandi.Xususan, 2025-yilda o‘zaro savdo hajmi 82 foizga oshgani qayd etildi.Uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish, karantin va fitosanitariya tartib-taomillarini jadallashtirish, shuningdek, halol sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Belgilangan chora-tadbirlarni aniq amaliy mexanizmlar orqali izchil tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260120/eaeu-indonesia-maqola-55005438.html
o‘zbekiston
indoneziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1d/52327338_458:0:3189:2048_1920x0_80_0_0_54f7edcac8b528c17ef79d177ee2637e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, indoneziya, erkin savdo bitimi, laziz kudratov, budi santoso, videokonferensiya, savdo hajmi, 82 foiz o‘sish, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi eksporti, halol sertifikati, fitosanitariya, xalqaro hamkorlik
o‘zbekiston, indoneziya, erkin savdo bitimi, laziz kudratov, budi santoso, videokonferensiya, savdo hajmi, 82 foiz o‘sish, investitsiyalar, qishloq xo‘jaligi eksporti, halol sertifikati, fitosanitariya, xalqaro hamkorlik
Ikki yuz mln aholisi bor bozor: O‘zbekiston-Indoneziya erkin savdo muzokaralari boshlandi
09:57 03.03.2026 (yangilandi: 10:07 03.03.2026) O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo bitimini tuzish jarayoni rasman boshlandi — tomonlar videomuloqot yakunida qo‘shma bayonot imzoladi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Indoneziya savdo vaziri Budi Santoso o‘rtasida videokonferensiya tarzida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Ularning yakunida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida qo‘shma bayonot imzolandi.
Shuningdek, savdo va investitsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi alohida bitim ham imzolandi.
Muzokaralar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlandi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barqaror ijobiy sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi.
Xususan, 2025-yilda o‘zaro savdo hajmi 82 foizga oshgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish, karantin va fitosanitariya tartib-taomillarini jadallashtirish, shuningdek, halol sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Belgilangan chora-tadbirlarni aniq amaliy mexanizmlar orqali izchil tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.