Baxtiyor Saidov Eron TIV rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaFlagi Uzbekistana i Irana
Flagi Uzbekistana i Irana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2026
Obuna bo‘lish
Suhbatda Eron tomoniga ta’ziya bildirilib, mojaroni faqat diplomatiya orqali hal etish zarurligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

"So‘nggi voqealar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etib, jabrlangan oilalarga nisbatan hamdardligimizni bildirdik", — deb yozdi Baxtiyor Saidov o‘z Telegram-kanalida.

Tomonlar mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi va har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar hamda xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligini qayd etdi.
Shuningdek, barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yo‘l — muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozimligi haqidagi O‘zbekistonning qat’iy va izchil pozitsiyasi yana bir bor ta’kidlandi.
V Ashxabade Prezident Turkmenistana Serdar Berdimuxamedov prinyal Baxtiyera Saidova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2026
Yaqin Sharqdagi keskinlashuv: Saidov qator davlatlar TIV rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0