https://oz.sputniknews.uz/20260303/mudofaa-qobiliyat-mustahkamlash-yigilish-56077195.html
Prezident huzurida mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Prezident huzurida mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Geosiyosiy keskinlik sharoitida jangovar shaylik, zamonaviy qurol-yarog‘ va uchuvchisiz tizimlar masalasi muhokama qilindi.
2026-03-03T18:08+0500
2026-03-03T18:08+0500
2026-03-03T18:08+0500
o‘zbekiston
jamiyat
armiya
qurolli kuchlar
harbiy texnika
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/03/56076954_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_55d214acc1a462bf1bc9173a185e8a9f.jpg
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Yig‘ilishda 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashi majlisida belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.Dunyoda keskinlik va mojarolar o‘choqlari saqlanib qolayotgani, geosiyosiy raqobat kuchayib, yangi xatar va tahdidlar xavfi ortib borayotgani ta’kidlandi.Mudofaa vaziri qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.Rivojlangan davlatlar tajribasi va zamonaviy jangovar harakatlar tahlili asosida harbiy boshqaruv hamda tayyorgarlik tizimiga yangi yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, harbiy-ma’muriy sektorlar, poligonlar, ta’lim muassasalari va moddiy-texnik ta’minot infratuzilmasini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.Harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish hamda zamonaviy qurol-yarog‘ va texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan dasturlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.Yig‘ilish yakunida davlat rahbari tegishli vazifalarni belgilab berdi
https://oz.sputniknews.uz/20260113/prezident-yigilish-vazifalar-54779291.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/03/56076954_0:0:1138:853_1920x0_80_0_0_0bab854624e2c2cb2f817f3517dd45b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, xavfsizlik kengashi, mudofaa vazirligi, jangovar shaylik, uchuvchisiz tizimlar, raqamli boshqaruv, harbiy infratuzilma, geosiyosiy keskinlik, xavfsizlik tahdidlari
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, xavfsizlik kengashi, mudofaa vazirligi, jangovar shaylik, uchuvchisiz tizimlar, raqamli boshqaruv, harbiy infratuzilma, geosiyosiy keskinlik, xavfsizlik tahdidlari
Prezident huzurida mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Yig‘ilishda geosiyosiy keskinlik kuchaygan sharoitda jangovar shaylik va zamonaviy texnologiyalar masalasi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar berdi.
Yig‘ilishda 13-yanvar kuni Xavfsizlik kengashi majlisida belgilangan vazifalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Dunyoda keskinlik va mojarolar o‘choqlari saqlanib qolayotgani, geosiyosiy raqobat kuchayib, yangi xatar va tahdidlar xavfi ortib borayotgani ta’kidlandi.
Mudofaa vaziri qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish, ularni zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi va zamonaviy jangovar harakatlar tahlili asosida harbiy boshqaruv hamda tayyorgarlik tizimiga yangi yondashuvlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘shinlar samaradorligini oshirish maqsadida uchuvchisiz tizimlar va raqamli boshqaruv yechimlarini keng qo‘llash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, harbiy-ma’muriy sektorlar, poligonlar, ta’lim muassasalari va moddiy-texnik ta’minot infratuzilmasini zamon talablari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish hamda zamonaviy qurol-yarog‘ va texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan dasturlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida davlat rahbari tegishli vazifalarni belgilab berdi